https://oz.sputniknews.uz/20251119/sco-atom-bmt-iqtisod-bayonotlar-53586512.html
ShHT: atom energiyasi, BMT islohi va ochiq iqtisodiy makon bo‘yicha bayonotlar e’lon qilindi
ShHT: atom energiyasi, BMT islohi va ochiq iqtisodiy makon bo‘yicha bayonotlar e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada o‘tgan ShHT Hukumat rahbarlari kengashining yigirma to‘rtinchi majlisi yakunlarida xavfsizlik, BMT islohoti, savdo, transport, texnologiya va investitsiyalar bo‘yicha qo‘shma kommunike qabul qilindi.
2025-11-19T16:53+0500
2025-11-19T16:53+0500
2025-11-19T16:53+0500
moskva
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
xavfsizlik
atom energetikasi
iqtisod
hamkorlik
savdo
transport
raqamli texnologiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/15/43979560_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_0cdb4278170c5e48e49e9cd1e15a702e.jpg
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining yigirma to‘rtinchi majlisi yakunida ishtirokchi mamlakatlar qo‘shma kommunike qabul qildilar.Quyida hujjatdan asosiy bayonotlar keltiriladi:— ShHT doirasidagi o‘zaro hamkorlik Yevroosiyoda teng va bo‘linmas xavfsizlik arxitekturasini shakllantirish uchun asos bo‘lishi mumkin.— A’zo davlatlar xalqaro va mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishda blokli va qarama-qarshi yondashuvlarni istisno etuvchi yo‘nalishga amal qiladi.— A’zo davlatlar BMT boshqaruv organlarida rivojlanayotgan mamlakatlar ulushini oshirish, shu orqali tashkilotni zamonaviy siyosiy va iqtisodiy voqelikka moslashtirish zarurligini ta’kidladilar.— A’zo davlatlar shaffof, inklyuziv, teng huquqli ko‘p tomonlama savdo tizimini himoya qilish, global moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish va rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro moliya institutlaridagi rolini kuchaytirish tarafdori.— Iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda kosmik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, kosmik sohada mintaqaviy muloqot mexanizmlarini o‘rganish taklif etildi.— JST markaziy roli ostida global iqtisodiy boshqaruv arxitekturasini va ko‘p tomonlama savdo tizimini takomillashtirishga sodiqlik tasdiqlandi.— A’zo davlatlar transport salohiyati va fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, ShHT makonida transport-logistika va tranzit imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishga kelishib oldilar.— Delegatsiyalar rahbarlari atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatladilar.— A’zo davlatlar mintaqada bozorlar, ta’minot zanjirlari, to‘lov operatsiyalari, transport yo‘laklari, logistika, investitsiyalar va texnologiyalar oqimlarining samarali ishlashini ta’minlaydigan keng ochiq iqtisodiy makonni shakllantirishga hissa qo‘shadi.— ShHTga a’zo davlatlar texnologik mustaqillikni ta’minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga raqamli texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish tarafdori.— Investitsiya sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish muhim ekani ta’kidlandi. Bu borada Investitsiyalarga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh, Investorlar uyushmasi va iqtisodiy preferensiyalar bazasi doirasidagi faoliyatni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251118/aripov-sco-takliflar-53562524.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/15/43979560_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_91644778d8d0c6ec06cf2f43e27921dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shht, shanxay hamkorlik tashkiloti, moskva majlisi, hukumat rahbarlari kengashi, qo‘shma kommunike, yevroosiyo xavfsizligi, bmt islohoti, savdo tizimi, global moliyaviy boshqaruv, transport logistikasi, atom energiyasi, texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, investitsiyalar, mintaqaviy hamkorlik
shht, shanxay hamkorlik tashkiloti, moskva majlisi, hukumat rahbarlari kengashi, qo‘shma kommunike, yevroosiyo xavfsizligi, bmt islohoti, savdo tizimi, global moliyaviy boshqaruv, transport logistikasi, atom energiyasi, texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, investitsiyalar, mintaqaviy hamkorlik
ShHT: atom energiyasi, BMT islohi va ochiq iqtisodiy makon bo‘yicha bayonotlar e’lon qilindi
ShHT Hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirokchi davlatlar xavfsizlik, savdo, transport, texnologiya va xalqaro hamkorlikka oid qator masalalar bo‘yicha qo‘shma kommunike qabul qildilar.
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining yigirma to‘rtinchi majlisi yakunida ishtirokchi mamlakatlar qo‘shma kommunike
qabul qildilar.
Quyida hujjatdan asosiy bayonotlar keltiriladi:
— ShHT doirasidagi o‘zaro hamkorlik Yevroosiyoda teng va bo‘linmas xavfsizlik arxitekturasini shakllantirish uchun asos bo‘lishi mumkin.
— A’zo davlatlar xalqaro va mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishda blokli va qarama-qarshi yondashuvlarni istisno etuvchi yo‘nalishga amal qiladi.
— A’zo davlatlar BMT boshqaruv organlarida rivojlanayotgan mamlakatlar ulushini oshirish, shu orqali tashkilotni zamonaviy siyosiy va iqtisodiy voqelikka moslashtirish zarurligini ta’kidladilar.
— A’zo davlatlar shaffof, inklyuziv, teng huquqli ko‘p tomonlama savdo tizimini himoya qilish, global moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish va rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro moliya institutlaridagi rolini kuchaytirish tarafdori.
— Iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda kosmik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, kosmik sohada mintaqaviy muloqot mexanizmlarini o‘rganish taklif etildi.
— JST markaziy roli ostida global iqtisodiy boshqaruv arxitekturasini va ko‘p tomonlama savdo tizimini takomillashtirishga sodiqlik tasdiqlandi.
— A’zo davlatlar transport salohiyati va fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, ShHT makonida transport-logistika va tranzit imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishga kelishib oldilar.
— Delegatsiyalar rahbarlari atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatladilar.
— A’zo davlatlar mintaqada bozorlar, ta’minot zanjirlari, to‘lov operatsiyalari, transport yo‘laklari, logistika, investitsiyalar va texnologiyalar oqimlarining samarali ishlashini ta’minlaydigan keng ochiq iqtisodiy makonni shakllantirishga hissa qo‘shadi.
— ShHTga a’zo davlatlar texnologik mustaqillikni ta’minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga raqamli texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish tarafdori.
— Investitsiya sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish muhim ekani ta’kidlandi. Bu borada Investitsiyalarga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh, Investorlar uyushmasi va iqtisodiy preferensiyalar bazasi doirasidagi faoliyatni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.