Yagona darcha, kasbga tayyorlash, firibgarlarga jinoiy javobgarlik: migratsiyada o‘zgarishlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentu dolojeno o sovershenstvovanii sistemi vneshney trudovoy migratsii
Prezidentu dolojeno  o sovershenstvovanii sistemi vneshney trudovoy migratsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi sohasini takomillashtirish va fuqarolar uchun qulayliklarni oshirishga qaratilgan ishlar jadallashmoqda.
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish va migratsiya jarayonlarini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chet elda ishlayotgan fuqarolar soni 2016-yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, ular tomonidan yuborilgan mablag‘ 3,8 milliard dollardan 2025-yilning o‘n oyi yakunida 15,8 milliard dollarga yetgan.
Taqdimotda xorijiy mehnat bozorida malakali kadrlarga katta talab borligi ta’kidlandi. Hozirda 140 ming mutaxassisga buyurtma mavjud, ammo til va kasbiy malaka bo‘yicha talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash ishlari yetarli emasligi qayd etildi. Shuningdek, migratsiya xizmatlari tarqoq bo‘lgani uchun fuqarolar qiyinchiliklarga duch kelayotgani aytildi.
Shu munosabat bilan barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida birlashtirish vazifasi qo‘yildi. Toshkentning Uchtepa tumanida “Xorijga ishga tayyorlash markazi”, Termizda “Yagona migratsiya xizmatlari” markazi tashkil etiladi. Yashnobod tumanida esa xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda nemis va yapon tillariga o‘qitish maktablari ochiladi.
So‘nggi yillarda Yevropa mamlakatlariga migratsiya oqimi 4 barobar oshganiga qaramay, qator davlatlar bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlar mavjud emas. Prezident mazkur hukumatlararo hujjatlarni imzolash jarayonini jadallashtirishni topshirdi.
Xorijiy davlatlarda migratsiya bo‘yicha attashelar va Mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini ko‘paytirish, mamlakat ichida esa viza markazlarining ko‘chma ofislarini ochish rejalashtirilgan.
“Xorijda ish” platformasida 25 turdagi xizmat taqdim etilmoqda va joriy yil boshidan 524 ming fuqaro onlayn xizmatlardan foydalangan. Prezident xizmatlarni sun’iy intellekt orqali yanada takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Platformada biometrik identifikatsiya, xorijdagi ish o‘rinlarini real vaqtda kuzatish va masofaviy maslahat berish imkoniyatlari joriy etilishi ma’lum qilindi. Migratsiya agentligida 24/7 rejimida ishlaydigan situatsion markaz tashkil etish taklifi o‘rganilmoqda.
Mehnat migrantlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida aeroportlarda interaktiv infokiosklar o‘rnatish, litsenziyasiz konsalting tashkilotlariga jarima miqdorini oshirish hamda noqonuniy migratsiyani tashkil etish uchun javobgarlikni Jinoyat kodeksiga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Prezident taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, aniq ko‘rsatmalar berdi.
Sostoyalas vstrecha s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2025
Migratsiya imtihonlari O‘zbekistondagi Rossiya OTM filiallarida o‘tkazilishi muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0