Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yevropa Ukraina mag‘lubiyati yaqin ekanini ma’lum qilmoqda — Rossiya razvedkasi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota spetsialnogo poyezda "Yenisey"
Boyevaya rabota spetsialnogo poyezda Yenisey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2025
Obuna bo‘lish
Yevropa yetakchilari va Ittifoq rahbariyati Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan yuzlab milliard yevroni yo‘qotganini "hazm qilolmayapti".
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Yevropalik mutaxassislar Ukrainadagi “Antirossiya” loyihasi tez orada muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati matbuot burosi xabar berdi.

"Yevropaning yetakchi davlatlari tashqi siyosat va harbiy idoralari ekspertlari milliy hukumatlarni G‘arb tomonidan Ukrainada yaratilgan "Antirossiya" loyihasining qulashi yaqinlashayotgani haqida ogohlantirib, tom ma’noda bong urmoqda. Yuqori idoralarga yuboriladigan hisobotlarda Kiyev rejimining harbiy mag‘lubiyati muqarrarligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Brussel xorijiy donorlarning "saxiy xayriyalari izsiz yo‘q bo‘lib ketayotgan" mamlakatda "hamma narsani qamrab oluvchi" korrupsiyaga katta e’tibor qaratmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa yetakchilari va Ittifoq rahbariyati Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan yuzlab milliard yevroni yo‘qotganini "hazm qilolmayapti", ukrainaliklar esa Vladimir Zelenskiyning sherigi Timur Mindichning shov-shuvli ishi tufayli o‘zlarini aldangan his qilmoqda.

"Ular yaqin kelajakda mamlakat Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishiga ishonmay qo‘yishdi," — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Bundan tashqari, Yevropa davlatlari tashqi siyosat idoralari Ukraina fuqarolarining uzoq davom etgan mojarodan charchagani tufayli loqaydligini qayd etmoqda.

"Oddiy aholi davlat korrupsiya botqog‘iga botganini tushunadi, shuning uchun <...> Kiyev ehtiyojlari uchun katta miqdorda mablag‘ ajratishga qarshi bo‘lganlar soni ortib bormoqda. Vengriya va Slovakiyadan tashqari, Chexiya va Ruminiya ham bunday pozitsiyaga moil bo‘la boshladi. Shu tariqa, Ukrainaning Yevropadagi siyosiy mavqeyi pasaymoqda. Ukrainaliklar yevropalik hamkorlarni qutqarish va qo‘llab-quvvatlash manbai sifatida tobora kamroq qabul qilmoqda", — deyiladi xabarda.

Ministr armii SShA Driskoll - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
OAV: Ukrainani tinchlik muzokaralariga undash uchun AQSh vakillari Kiyevga safar qildi
Yangiliklar lentasi
0