Baxt retseptlari, bolalik burchagi, Al-Musalla: Buxoro biyennalesi nima bilan hayron qoldirdi

© SputnikV Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Buxoroda O‘zbekistondagi ilk xalqaro san’at biyennalesi yakunlanmoqda. Sputnik muxbiri eng taassurotli o‘rnatmalar to‘plamini tayyorladi
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Biyennale 5-sentabr kuni ochildi va Eski shaharning bir nechta tarixiy maskanlarida o‘tkazilmoqda: Xo‘ja G‘avkushon ansambli, to‘rtta karvonsaroydan iborat Fatxullajon, Ayozjon, Ahmadjon va Ulug‘bek Tamakifurush majmuasi, shuningdek Rashid va A’lam madrasasi, deya xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
XVIII–XIX asrlarda qurilgan o‘zaro bog‘langan to‘rtta karvonsaroy kelgan savdogarlarga vaqtinchalik boshpana vazifasini o‘tagan. Majmua tarkibiga kichik hujralar, eshaklar uchun oxurlar va otxonalar bilan o‘ralgan markaziy hovli kirgan.
Ayozjon karvonsaroyi avval jamoatchilik uchun yopiq edi - bu yerda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan edi. Hozir bu hovlilar ko‘rgazma tarkibining bir qismidir.
Biyennale - har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro madaniy tadbir bo‘lib, italyancha “biennale” so‘zidan kelib chiqqan va “ikki yillik” degan ma’noni anglatadi. Bu kabi tadbirlarda dunyo bo‘ylab san’atkorlar zamonaviy san’at namunalarini - installyatsiya, rangtasvir asar, video proyeksiya va dizayn ishlarini namoyish etadi. Odatda, tadbir shaharning ko‘plab joylarini qamrab oladi va bir necha oy davom etadi.
Birinchi Buxoro biyennalesining tashkilotchisi O‘zbekiston san’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova bo‘ldi.
© SputnikV Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
Bu yil tomoshabinlarga 140 nafar muallifning 70 tadan ortiq san’at loyihalari taqdim etildi. Ko‘plab asarlar mahalliy hunarmandlar bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, zamonaviy san’at va mintaqaning boy an’analarini uyg‘unlashtirgan.
“Baxt retseptlari qozoni”
Eng qulay va interaktiv o‘rnatmalardan biri - o‘zbekistonlik Feruza Asatovaning Anna Lyublina, Gulruh Norqulova, Mehriniso Samiyeva, Roziya Sharipova va Rahmon Toshev bilan hamkorlikda yaratgan “Baxt retseptlari qozoni” nomli asaridir.
© SputnikV Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
Makon sharq choyxonasi uslubida bezatilgan: bu yerda o‘tirib dam olish, mahalliy urf-odatlar va an’analar haqidagi hikoyalarni tinglash mumkin. Markazda – qozon, unga mehmonlar o‘zlarining “baxt retseptlari”ni kichik qog‘ozlarga yozib soladilar. Bu o‘rnatma oshxona, madaniyat va jonli muloqotni uyg‘unlashtirib, shinam va samimiy muhitni yaratadi.
© SputnikV Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
Zi Qahramonova va Lilian Kordellning “Har bir kishi uchun burchak” asari nafaqat bolalar, balki o‘z ichidagi bolalikni eslashni xohlagan kattalar uchun ham makondir.
Ushbu installyatsiya tashrif buyuruvchilarni bolalikdagi o‘yin maydonchalariga qaytaradi va qumsash uchun qisqa tanafus beradi.
© SputnikV Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
Hindistonlik Shakuntala Kulkarnining “Shaxsiy suhbatlar”i
Hindistonlik rassom Shakuntala Kulkarnining “Shaxsiy suhbatlar” san’at asari eng ta’sirchan ishlardan biri bo‘ldi.
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
Markazda mustahkam, barqaror va serpusht ayol tanasining siluetini takrorlovchi tandir joylashgan. Ammo bu shakl mahkam kamarlar bilan bog‘langan - bu tanlash va ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lgan ayollar duch kelgan cheklovlarning ko‘rinadigan ramzidir.
Tandir ichiga qo‘rquv, og‘riq, zo‘ravonlik va majburiy sukunat haqidagi hikoyani namoyish etuvchi ekran o‘rnatilgan.
Al-Musalla: tafakkur va ibodat makoni
“Al-Musalla” xalqaro arxitektura tanlovi g‘oliblari tomonidan yaratilgan modulli konstruksiya alohida o‘rin egallaydi.
Bu barcha din vakillari uchun ochiq bo‘lgan, ibodat qilish va xotirjam mulohaza yuritish uchun moslashuvchan makondir.
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
Konstruksiya deyarli butunlay xurmo daraxti chiqindilaridan qayta ishlangan ekologik toza qurilish materialidan barpo etilgan. Dizayn mintaqaviy to‘quvchilik an’analaridan ilhomlanib, mahorat va ma’naviyatni uyg‘unlashtiradi.
© ACWA Power UzbekistanV Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
Musalla modulli bo‘lib, uni osongina qismlarga ajratish va qayta yig‘ish mumkin. Ichki qismida erkak va ayollar uchun alohida 40 tadan o‘rindiq mavjud. To‘qilgan iplar tabiiy bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan: qizil (za’faronli xina), sariq (zarchava), yashil (zaytun moyi) va moviy rang (indigo). Ushbu inshootni barpo etishda jami 150 tonna palma daraxti ishlatilgan.
© ACWA Power UzbekistanV Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
V Buxare podxodit k zaversheniyu pervaya v Uzbekistane mejdunarodnaya biyennale iskusstva
Buxoroga keltirilishidan avval, bu inshoot Jidda xalqaro aeroportida (Saudiya Arabistoni) o‘rnatilgan edi, u yerda Islom san’ati biyennalesi paytida barcha uchun namozxona vazifasini bajargan. 2025-yilgi Buxoro biyennalesida “Al-Musalla” Eski shaharning tarixiy mahallalari orasida sokin, tafakkur qilish uchun qulay maskan bo‘ldi.
2025 yilgi Buxoro biyennalesi shunchaki zamonaviy san’at ko‘rgazmasi emas, balki o‘tmish va bugungi kun orasidagi muloqotdir. Har bir loyiha mulohaza yuritish, uchrashuvlar o‘tkazish va ilhom olish uchun noyob makondir. Biyennaleni 23-noyabrgacha tomosha qilish imkoniyati mavjud.
Yangiliklar lentasi
0