O‘zbekistonda biznesni boshlash soddalashtirildi — prezident farmoni

© YePIGUYediniy portal interaktivnix gosudarstvennix uslug (YePIGU).
Yediniy portal interaktivnix gosudarstvennix uslug (YePIGU). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2025
Obuna bo‘lish
Yangi farmonga muvofiq, O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va unga oid davlat xizmatlari bir tizimga birlashtirilib, jarayon sezilarli darajada soddalashtirildi.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. O‘zbekistonda endi fuqarolar biznesni boshlashida elektron raqamli imzo kalitini berish, bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish kabi davlat xizmatlari kompleks tarzda ko‘rsatiladi.
Biznes ochish bo‘yicha ushbu va boshqa tartib-taomillarni soddalashtirish prezident imzolagan “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda belgilangan.
Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlarini 90 mlrd so‘mgacha qisqartirish, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilandi.
Farmonga ko‘ra, shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish;
onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda e’lon qilingan eng muhim yangiliklar
Yangiliklar lentasi
0