https://oz.sputniknews.uz/20251117/russia-aktivlar-musodara-eu-xavf-53532096.html
Rossiya aktivlarini musodara qilish YeIdan investorlarni qochirishi mumkin — Euroclear
Rossiya aktivlarini musodara qilish YeIdan investorlarni qochirishi mumkin — Euroclear
Sputnik O‘zbekiston
Euroclear rahbari Rossiya aktivlarini musodara qilish global, xususan Xitoy va Arab sarmoyadorlarida xavotir uyg‘otayotganini aytdi. Bunday qadam Yevrozonaga kapital kirishini kamaytib, YeI moliya loyihalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
2025-11-17T11:56+0500
2025-11-17T11:56+0500
2025-11-17T12:03+0500
yevropa ittifoqi
dunyo yangiliklari
rossiya
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094136_0:0:3193:1796_1920x0_80_0_0_4b43bd5e8cc6933e29ff83492930d481.jpg
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Yevrokomissiyaning Rossiya suveren aktivlarini ehtimoliy musodara qilish rejalari global investorlar orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Euroclear" bosh direktori Valeri Urbanning "Le Monde" nashriga bergan intervyusiga tayangna holda xabar berdi.Urbanning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va arab mamlakatlarining yirik sarmoyadorlari bu vaziyat ularda ochiqcha xavotir uyg‘otganini bildirgan. U ta’kidlaganidek, bunday qadam Yevropa moliya tizimiga ishonchni pasaytib, YeI banklari va moliyaviy muassasalarida mablag‘ saqlashga qiziquvchi investorlar sonini kamaytirishi mumkin.Uning ta’kidlashicha, "Euroclear" bunday qaror ustidan YeIni xalqaro sudga berishi mumkin"Euroclear" hisoblarida hozir 193 milliard yevro Rossiya aktivlari saqlanadi, shundan 180 milliard yevro — Rossiya Markaziy bankiga tegishli. Kompaniya umumiy hisobda 42,5 trillion yevro aktivlarni boshqaradi — bu Fransiya YaIMdan 14 baravar ko‘p.Urbanning aytishicha, aktivlarni musodara qilish boshqa investorlar uchun xavfli pretsedent yaratib, xalqaro huquqni buzishi va Rossiyaning xalqaro sudda da’vo qila olishi mumkin. Rossiya TIV bunday harakatlarni “o‘g‘rilik” deb atagan va Moskvada javob choralari borligi ta’kidlangan.G7 va YeI Rossiyaning taxminan 300 milliard dollar aktivlarini muzlatib qo‘ygan. 2025-yil yanvar–sentabr oylarida YeI ushbu muzlatilgan aktivlardan olingan 14 milliard yevroni Ukrainaga yo‘naltirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251109/lavrov-ukraine-crimea-russia-eu-aktivlar-53338987.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094136_462:0:3193:2048_1920x0_80_0_0_bd6e8441060c168dfa0f53870efad9b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
euroclear, valeri urban, rossiya aktivlari, konfiskatsiya, musodara, investorlar xavotiri, xitoy investorlari, arab davlatlari, yevrokomissiya, yevrozona, kapital oqimi, yei budjeti, fransiya yaim, xalqaro huquq, xalqaro sud, rossiya tiv, o‘g‘rilik, g7, muzlatilgan aktivlar, ukrainaga yordam, le monde
euroclear, valeri urban, rossiya aktivlari, konfiskatsiya, musodara, investorlar xavotiri, xitoy investorlari, arab davlatlari, yevrokomissiya, yevrozona, kapital oqimi, yei budjeti, fransiya yaim, xalqaro huquq, xalqaro sud, rossiya tiv, o‘g‘rilik, g7, muzlatilgan aktivlar, ukrainaga yordam, le monde
Rossiya aktivlarini musodara qilish YeIdan investorlarni qochirishi mumkin — Euroclear
11:56 17.11.2025 (yangilandi: 12:03 17.11.2025) "Euroclear" rahbarining aytishicha, Rossiya aktivlarini musodara qilish Yevropaga investorlar ishonchini pasaytib, kapital kirishini kamaytishi hamda YeI budjeti uchun qiyinchiliklar yaratishi mumkin.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Yevrokomissiyaning Rossiya suveren aktivlarini ehtimoliy musodara qilish rejalari global investorlar orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Euroclear" bosh direktori Valeri Urbanning "Le Monde" nashriga bergan intervyusiga tayangna holda
xabar berdi.
Urbanning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va arab mamlakatlarining yirik sarmoyadorlari bu vaziyat ularda ochiqcha xavotir uyg‘otganini bildirgan. U ta’kidlaganidek, bunday qadam Yevropa moliya tizimiga ishonchni pasaytib, YeI banklari va moliyaviy muassasalarida mablag‘ saqlashga qiziquvchi investorlar sonini kamaytirishi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, "Euroclear" bunday qaror ustidan YeIni xalqaro sudga berishi mumkin
“Global investorlar yevrozonaga kamroq mablag‘ yo‘naltiradi. Bu Yevropa mudofaa, "yashil o‘tish" va raqamli transformatsiya loyihalarini moliyalashtirishga ta’sir qiladi”, — dedi "Euroclear" rahbari.
"Euroclear" hisoblarida hozir 193 milliard yevro Rossiya aktivlari saqlanadi, shundan 180 milliard yevro — Rossiya Markaziy bankiga tegishli. Kompaniya umumiy hisobda 42,5 trillion yevro aktivlarni boshqaradi — bu Fransiya YaIMdan 14 baravar ko‘p.
Urbanning aytishicha, aktivlarni musodara qilish boshqa investorlar uchun xavfli pretsedent yaratib, xalqaro huquqni buzishi va Rossiyaning xalqaro sudda da’vo qila olishi mumkin.
Rossiya TIV bunday harakatlarni “o‘g‘rilik” deb atagan va Moskvada javob choralari borligi ta’kidlangan.
G7 va YeI Rossiyaning taxminan 300 milliard dollar aktivlarini muzlatib qo‘ygan. 2025-yil yanvar–sentabr oylarida YeI ushbu muzlatilgan aktivlardan olingan 14 milliard yevroni Ukrainaga yo‘naltirgan.