Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIning 2026–2027 yillar uchun makroiqtisodiy strategiyasi tasdiqlandi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2025
Obuna bo‘lish
YeOIIning yangi makroiqtisodiy strategiyasi investitsiyalarni oshirish, real sektorni rivojlantirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘zda tutadi
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasi ma’qullandi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi o‘rta muddatli istiqbolda a’zo mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti o‘sishini jahon iqtisodiyoti o‘sish sur’atlaridan past bo‘lmagan darajaga olib chiqish uchun zarur sharoit yaratishi kutilmoqda.
Loyihada quyidagi ustuvor yo‘nalishlar nazarda tutilgan:
qulay makroiqtisodiy muhitni shakllantirish, investitsiyalarning o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratish, narxlar barqarorligini ta’minlash, o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanish ulushini ko‘paytirish;
iqtisodiyotning real sektorida hamkorlikni mustahkamlash, Ittifoqning texnologik va innovatsion salohiyatini kengaytirish, agrosanoat majmuidagi loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy ko‘mak mexanizmlarini rivojlantirish, shuningdek transport infratuzilmasi va tranzit salohiyatini kuchaytirish;
Ittifoq ichki bozorining barqaror ishlashini ta’minlash, texnik to‘siqlarni kamaytirish va YeOII davlatlarining eksport imkoniyatlarini kengaytirish.
YeOII va O‘zbekiston: bojxona hamkorligini rivojlantirishda yangi qadamlar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2025
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston, haqiqatda, biz uchun juda muhim hamkor — YeIK bojxona vaziri
Yangiliklar lentasi
0