https://oz.sputniknews.uz/20251116/central-asia-rahbarlar-takliflar-53522595.html
MO rahbarlari uchrashuvi: Mirziyoyev, Toqayev, Japarov va Rahmon qanday takliflar berdi?
MO rahbarlari uchrashuvi: Mirziyoyev, Toqayev, Japarov va Rahmon qanday takliflar berdi?
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi MO uchrashuvida Mirziyoyev, Toqayev, Japarov va Rahmon elektron tijorat, transport, xavfsizlik va integratsiya bo‘yicha qator takliflar berdi.
2025-11-16T17:17+0500
2025-11-16T17:17+0500
2025-11-17T10:12+0500
toshkent
markaziy osiyo
qasim-jomart toqayev
sadir japarov
emomali rahmon
shavkat mirziyoyev
xavfsizlik
iqtisod
hamkorlik
raqamli texnologiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/10/53520052_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e7cc1000cb689c98a1c43538634455eb.jpg
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda prezidentlar iqtisodiy hamkorlik, integratsiya, transport va xavfsizlikka oid qator takliflar bilan chiqdilar.Quyida ularning ayrim muhim bayonotlari keltirilgan:O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev elektron tijorat imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi.Uning aytishicha, Markaziy Osiyoda elektron tijorat bozori kelgusi o‘n yilda 150 milliard dollargacha o‘sishi mumkin.Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning ta’kidlashicha, jahondagi geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Yevraziyadagi asosiy transport-logistik uzelga aylanish imkoniyati mavjud.Qozog‘iston yetakchisi mintaqa transport infratuzilmasi modernizatsiyasi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.Toqayev, shuningdek, yuklarni elektron kuzatishning yagona tizimini joriy etish va mintaqa uchun yagona transport strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi.Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlatlarni pozitsiyalarni muvofiqlashtirishga va tashqi siyosatda bir bo‘lib chiqishga chaqirdi.Japarov, shuningdek, iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish uchun uchta asosiy qadamni taklif qildi:Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatchilikning o‘sib borayotganini ta’kidladi.Uning fikricha, xavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash va kiberhavfsizlik bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni kuchaytirish mintaqaning barqarorligi uchun muhim.
https://oz.sputniknews.uz/20251116/central-asia-uchrashuv-hujjatlar-bayonot-53519560.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/10/53520052_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_fe431ec0a174c23c313f2b690289f9e5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo, toshkent, prezidentlar uchrashuvi, mirziyoyev, to‘qayev, japarov, rahmon, takliflar, elektron tijorat, transport, logistika, xavfsizlik, integratsiya, toqayev
markaziy osiyo, toshkent, prezidentlar uchrashuvi, mirziyoyev, to‘qayev, japarov, rahmon, takliflar, elektron tijorat, transport, logistika, xavfsizlik, integratsiya, toqayev
MO rahbarlari uchrashuvi: Mirziyoyev, Toqayev, Japarov va Rahmon qanday takliflar berdi?
17:17 16.11.2025 (yangilandi: 10:12 17.11.2025) Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari elektron tijorat, transport logistikasi va xavfsizlikka oid muhim takliflar bilan chiqdi.
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda prezidentlar iqtisodiy hamkorlik, integratsiya, transport va xavfsizlikka oid qator
takliflar bilan chiqdilar.
Quyida ularning ayrim muhim bayonotlari keltirilgan:
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev elektron tijorat imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi.
“Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu yondashuvlarni uyg‘unlashtirish va ishonchli raqamli to‘lov tizimlarini yaratishni osonlashtiradi”, — dedi Mirziyoyev.
Uning aytishicha, Markaziy Osiyoda elektron tijorat bozori kelgusi o‘n yilda 150 milliard dollargacha o‘sishi mumkin.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning ta’kidlashicha, jahondagi geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Yevraziyadagi asosiy transport-logistik uzelga aylanish imkoniyati mavjud.
“Jahon siyosiy jarayonlaridagi o‘zgarishlar sharoitida mamlakatlarimizda Yevroosiyodagi asosiy transport-logistik uzelga aylanish imkoniyati mavjud”, — dedi Toqayev.
Qozog‘iston yetakchisi mintaqa transport infratuzilmasi modernizatsiyasi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
“2029 yilgacha 11 ming km temir yo‘l va 16 ming km avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi… Bu yuk tashish hajmini bir necha barobar oshiradi”, - dedi u.
Toqayev, shuningdek, yuklarni elektron kuzatishning yagona tizimini joriy etish va mintaqa uchun yagona transport strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlatlarni pozitsiyalarni muvofiqlashtirishga va tashqi siyosatda bir bo‘lib chiqishga chaqirdi.
“Mamlakatlarimiz "Markaziy Osiyo plyus" formatlari va tashqi siyosat idoralari maslahatlashuvlari orqali pozitsiyalarni muvofiqlashtirib borishi muhim”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti.
Japarov, shuningdek, iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish uchun uchta asosiy qadamni taklif qildi:
1.
savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, standartlar va texnik reglamentlarni uyg‘unlashtirish;
2.
xomashyo modelidan voz kechib, qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlari va qayta ishlash klasterlarini rivojlantirish;
3.
raqamlashtirishni integratsiyaning asosiy katalizatoriga aylantirish, transchegaraviy raqamli platformalarni yaratish.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatchilikning o‘sib borayotganini ta’kidladi.
“Terrorizm, ekstremizm, radikalizm va kiberjinoyatchilik tahdidlari alohida xavotir uyg‘otmoqda”, — dedi Tojikiston rahbari.
Uning fikricha, xavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash va kiberhavfsizlik bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni kuchaytirish mintaqaning barqarorligi uchun muhim.