Mirziyoyev Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev vstretilsya s Ilxamom Aliyevim
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Ilxamom Aliyevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbatda O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Sadirom Japarovim
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Sadirom Japarovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2025
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Sadirom Japarovim
Suhbatda oldingi uchrashuvlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, transport, energetika va infratuzilma sohalaridagi muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan ham uchrashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Tadjikistana Emomali Raxmona.
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Tadjikistana Emomali Raxmona. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2025
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Tadjikistana Emomali Raxmona.
Yetakchilar O‘zbekiston ­– Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
O‘zaro savdoni ko‘paytirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi 15-16 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Sammit kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi. Uchrashuv yakunida ko‘ra ko‘p tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mintaqa davlat rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini o‘tkazish tashabbusi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yilda BMTda ilgari surilgan edi. O‘tgan davr ichida ushbu formatda hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi 20 tadan ortiq yirik tadbirlar o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0