https://oz.sputniknews.uz/20251115/berdimuhamedov-ozbek-turkman-savdo-markazi-53493340.html
Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida o‘zbek-turkman savdo markazi ochiladi
Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida o‘zbek-turkman savdo markazi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. 15.11.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-11-15T10:20+0500
2025-11-15T10:20+0500
2025-11-17T10:38+0500
turkmaniston
o‘zbekiston
serdar berdimuhamedov
toshkent
xorazm viloyati
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23339123_0:0:3001:1688_1920x0_80_0_0_cbfcf173024b32bcb54a789c5e6f569e.jpg
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat chegarasida qo‘shma savdo markazi ochiladi, deb xabar berdi Turkmanistonning “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi.“Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yettinchi maslahat uchrashuvi kun tartibi davlatlararo sheriklikning keng ko‘lamli yo‘nalishlarini, jumladan, mintaqada konstruktiv hamkorlikni yanada mustahkamlash, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashishni o‘z ichiga oladi. Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning oktabr oyida Shovot (O‘zbekistonning Xorazm viloyati) va Dashoguz (Turkmanistonning Toshhovuz viloyati) chegara o‘tkazish punktlari hududida chegara savdo zonasi qurilishi boshlangan edi. Bu yerda zamonaviy infratuzilma, jumladan, savdo pavilonlari, omborxonalar, konteynerlar saqlash joylari, tadbirkorlar uchun ish joylari barpo etish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250824/ozbekiston-turkmaniston-aviaqatnovlar-51453221.html
o‘zbekiston
xorazm viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23339123_7:0:2670:1997_1920x0_80_0_0_adc01ae3fe0e094cb608828bd3308b22.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkmaniston, o‘zbekiston, serdar berdimuhamedov, toshkent, xorazm viloyati, iqtisod
turkmaniston, o‘zbekiston, serdar berdimuhamedov, toshkent, xorazm viloyati, iqtisod
Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida o‘zbek-turkman savdo markazi ochiladi
10:20 15.11.2025 (yangilandi: 10:38 17.11.2025) Turkmaniston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat chegarasida qo‘shma savdo markazi ochiladi, deb xabar berdi Turkmanistonning “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi.
“Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yettinchi maslahat uchrashuvi kun tartibi davlatlararo sheriklikning keng ko‘lamli yo‘nalishlarini, jumladan, mintaqada konstruktiv hamkorlikni yanada mustahkamlash, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashishni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, sammit doirasida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator yonma-yon tadbirlar ham tashkil etiladi. Oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tegishli tadbirlar, yangi Turkmaniston-O‘zbekiston chegara savdo markazining ochilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning oktabr oyida Shovot (O‘zbekistonning Xorazm viloyati) va Dashoguz (Turkmanistonning Toshhovuz viloyati) chegara o‘tkazish punktlari hududida chegara savdo zonasi qurilishi boshlangan edi. Bu yerda zamonaviy infratuzilma, jumladan, savdo pavilonlari, omborxonalar, konteynerlar saqlash joylari, tadbirkorlar uchun ish joylari barpo etish rejalashtirilgan.