Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zaxarova: Kiyev ukrainaliklarni frontga jo‘natish uchun ig‘volar hozirlayapti

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishMariya Zaxarova
Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Kiyev rejimi ehtimoliy askarlarni mamlakatga qaytarish uchun har qanday usullarga tayyorligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Kiyev Yevropaga qochib ketgan fuqarolarini qaytarib, frontga yuborish uchun yangi ig‘volar hozirlamoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada 18–22 yoshli yigitlarning chet elga chiqishiga rasmiy taqiq olib tashlangan, ammo bu Kiyev rejimini to‘xtatmaydi.
“Kiyev galasi (…) u yerdan qochib ketgan ehtimoliy rekrutlarni mamlakatga qaytarish uchun har qanday usullarga, jumladan, axborot ig‘volariga ham tayyor”, - dedi Zaxarova. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya TIV rasmiy vakilining ta’kidlashicha, muzokaralarni to‘xtatib qo‘yish haqidagi xabarar Kiyevni tinchlik o‘rnatish qiziqtirmasligini tasdiqlaydi.
“Rossiya tomonining, xususan, keyingi muzokaralar jarayonini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflariga javob berish o‘rniga va ushbu muzokaralar jarayonini davom ettirish o‘rniga, Kiyev mamlakatimizga qarshi G‘arb sanksiyalarini kuchaytirish umidida Rossiyani ayblashni afzal bildi”, - dedi diplomat.
Avvalroq Britaniyaning “Times” gazetasi Istanbuldagi uchrashuvlarda qatnashgan Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Kislitsa bilan suhbatdan so‘ng Kiyev tashabbusi bilan tomonlarning aloqalarini to‘xtatib qo‘yilganini yozgandi.
O‘z navbatida, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevni Moskva bilan muloqotdan bosh tortganida u yomon pozitsiyalardan muzokaralarga qaytishini ogohlantirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya diplomatik kelishuvga tayyor, ammo muloqot o‘tkazish imkoniyati yo‘qligi sababli u o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus operatsiyani davom ettiradi.
Vibori na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Klichko: Ukrainada askarlar yetishmovchiligi ortib borayapti
Yangiliklar lentasi
0