https://oz.sputniknews.uz/20251114/ozbekiston-temir-53463021.html
O‘zbekistonda elektrlashtirilgan ikkita yangi temir yo‘l quriladi, yangi yo‘nalishlar ochiladi
O‘zbekistonda elektrlashtirilgan ikkita yangi temir yo‘l quriladi, yangi yo‘nalishlar ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Nurafshon – Pskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” va “Xovos – Dashtobod” yo‘nalishlarida elektrlashtirilgan yangi temir yo‘llar quriladi.
2025-11-14T09:53+0500
2025-11-14T09:53+0500
2025-11-14T10:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53461764_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ba48587a2adef2e0a730f303c6ae0d81.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ikkita yangi elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l quriladi, respublika bo‘ylab shaharlar atrofida qatnaydigan qo‘shimcha yana 15 ta yangi yo‘nalish ochiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga qilingan temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi yillar uchun rejalar taqdimotida ma’lum qilindi.Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2026-2030 yillarda yo‘lovchi va yuk tashish hajmini kamida ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.Buni ta’minlash uchun 151 kilometr yangi temir yo‘l qurish, 182 kilometr masofadagi yo‘llarni elektrlashtirish, shuningdek, 27 ta mavjud stansiya va 1 ming kilometr yo‘lni modernizatsiya qilish rejalari haqida ma’lumot berildi.“Qumqo‘rg‘on – Quduqli”, “Samarqand – Urgut” va “Baytqo‘rg‘on – Parkent” yo‘llarini elektrlashtirish, “Toshkent – Samarqand”, “To‘qimachi – Angren” va “Angren – Pop” yo‘llarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish rejalashtirilgan.Respublika bo‘ylab shaharlar atrofida qatnaydigan poyezdlar harakatini faollashtirish maqsadida mavjud 40 ta yo‘nalishga qo‘shimcha yana 15 ta yangi yo‘nalish ochish taklif qilindi.Xususan, “Toshkent – Nurafshon – Ohangaron – Angren”, “Navoiy – Zarafshon – Uchquduq”, “Qo‘qon – Namangan – Andijon – Marg‘ilon”, “Termiz – Qumqo‘rg‘on – Boysun – Darband”, “Nukus – Shovot – Urganch – Xiva”, “Jizzax – Do‘stlik – Aydar-Arnasoy ko‘li”, “Qarshi – Shahrisabz” kabi yo‘nalishlarda shahar atrofi qatnovlarini yo‘lga qo‘yish orqali aholining kundalik safarlari uchun qulay sharoit yaratilishi qayd etildi.Yig‘ilishda yuqori tezlikda harakatlanuvchi tarmoqni kengaytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Uzunligi 102 kilometrlik “Navoiy – Buxoro” temir yo‘l liniyasini foydalanishga kiritishni jadallashtirish topshirildi. Bu yo‘lning ishga tushishi yuk va yo‘lovchi tashishda vaqt va xarajatlarni sezilarli qisqartirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.Kelgusi yillarda yangi ochiladigan yo‘nalishlar va qurilayotgan yo‘llar uchun lokomotiv va vagonlar parkini kengaytirish bo‘yicha ham rejalar bayon etildi.Jumladan, Xitoydan 38 ta magistral lokomotiv, 50 ta manyovrli va gibrid manyovrli lokomotiv xarid qilish nazarda tutilgan. Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 ta yuqori tezlikdagi elektropoyezd olib kelib, ulardan birinchisini kelgusi yilda “Toshkent – Urganch – Xiva” yo‘nalishida qatnovga qo‘yish topshirildi. Bu orqali yo‘nalishda yo‘l vaqti hozirgi 14 soatdan 7,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250916/temir-yol-eksport-osonlashish-51990004.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53461764_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_52df5fc735269968355e1e4b7afe3821.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston elektrlashtirilgan temir yo‘l
o‘zbekiston elektrlashtirilgan temir yo‘l
O‘zbekistonda elektrlashtirilgan ikkita yangi temir yo‘l quriladi, yangi yo‘nalishlar ochiladi
09:53 14.11.2025 (yangilandi: 10:05 14.11.2025) “Nurafshon – Pskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” va “Xovos – Dashtobod” yo‘nalishlarida elektrlashtirilgan yangi temir yo‘llar quriladi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ikkita yangi elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l quriladi, respublika bo‘ylab shaharlar atrofida qatnaydigan qo‘shimcha yana 15 ta yangi yo‘nalish ochiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga qilingan temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi yillar uchun rejalar taqdimotida ma’lum qilindi.
Prezident matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, 2026-2030 yillarda yo‘lovchi va yuk tashish hajmini kamida ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.
Buni ta’minlash uchun 151 kilometr yangi temir yo‘l qurish, 182 kilometr masofadagi yo‘llarni elektrlashtirish, shuningdek, 27 ta mavjud stansiya va 1 ming kilometr yo‘lni modernizatsiya qilish rejalari haqida ma’lumot berildi.
Jumladan, “Nurafshon – Pskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” va “Xovos – Dashtobod” yo‘nalishlarida elektrlashtirilgan yangi temir yo‘llar quriladi.
“Qumqo‘rg‘on – Quduqli”, “Samarqand – Urgut” va “Baytqo‘rg‘on – Parkent” yo‘llarini elektrlashtirish, “Toshkent – Samarqand”, “To‘qimachi – Angren” va “Angren – Pop” yo‘llarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish rejalashtirilgan.
Respublika bo‘ylab shaharlar atrofida qatnaydigan poyezdlar harakatini faollashtirish maqsadida mavjud 40 ta yo‘nalishga qo‘shimcha yana 15 ta yangi yo‘nalish ochish taklif qilindi.
Xususan, “Toshkent – Nurafshon – Ohangaron – Angren”, “Navoiy – Zarafshon – Uchquduq”, “Qo‘qon – Namangan – Andijon – Marg‘ilon”, “Termiz – Qumqo‘rg‘on – Boysun – Darband”, “Nukus – Shovot – Urganch – Xiva”, “Jizzax – Do‘stlik – Aydar-Arnasoy ko‘li”, “Qarshi – Shahrisabz” kabi yo‘nalishlarda shahar atrofi qatnovlarini yo‘lga qo‘yish orqali aholining kundalik safarlari uchun qulay sharoit yaratilishi qayd etildi.
Yig‘ilishda yuqori tezlikda harakatlanuvchi tarmoqni kengaytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Uzunligi 102 kilometrlik “Navoiy – Buxoro” temir yo‘l liniyasini foydalanishga kiritishni jadallashtirish topshirildi. Bu yo‘lning ishga tushishi yuk va yo‘lovchi tashishda vaqt va xarajatlarni sezilarli qisqartirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Kelgusi yillarda yangi ochiladigan yo‘nalishlar va qurilayotgan yo‘llar uchun lokomotiv va vagonlar parkini kengaytirish bo‘yicha ham rejalar bayon etildi.
Jumladan, Xitoydan 38 ta magistral lokomotiv, 50 ta manyovrli va gibrid manyovrli lokomotiv xarid qilish nazarda tutilgan. Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 ta yuqori tezlikdagi elektropoyezd olib kelib, ulardan birinchisini kelgusi yilda “Toshkent – Urganch – Xiva” yo‘nalishida qatnovga qo‘yish topshirildi. Bu orqali yo‘nalishda yo‘l vaqti hozirgi 14 soatdan 7,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.