https://oz.sputniknews.uz/20251114/narbaeva-mdh-parlamentlararo-assambleyasi-kengashi-53466578.html
Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi majlisida ishtirok etdi
Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi majlisida ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Majlis davomida Rossiya Federal Majlisi Federal Kengashi raisi Valentina Matviyenko MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining Kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi.
2025-11-14T11:35+0500
2025-11-14T11:35+0500
2025-11-14T11:35+0500
siyosat
mdh
tanzila norboyeva
dushanbe
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0e/53465630_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b04d5982b729b4f38e3b1bba50bf1d78.jpg
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.Tashrifning birinchi kuni Kengash majlisining kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.Shu munosabat bilan Narbayeva Matviyenkoni tabriklab, bu qaror uning MDH doirasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan samarali faoliyatining yuqori baholanishi ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, unga kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.Shuningdek, 59-yalpi majlisga tayyorgarlik doirasida kun tartibi, reglament va tahrir hay’ati tarkibi tasdiqlandi. 2025-yilda Tojikistonning MDHdagi raisligi yuzasidan axborot eshitilib, kelgusi yilda raislik Turkmanistonga o‘tishi qayd etildi.Shuningdek, 2026-yil uchun MDH Parlamentlararo Assambleyasi ish rejasi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra Kengash va komissiyalar majlislari, xalqaro forumlar, saylovlarni kuzatish hamda yoshlar va ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.Qayd etilishicha, Kengash majlisida qabul qilingan qarorlar MDH davlatlari parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qonun ijodkorligini muvofiqlashtirish va turli sohalarda integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251101/toshkentda-mdh-maslahat-kengashining-38-yigilishi-bolib-otdi-53150269.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0e/53465630_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_941628ff3a13b1055b87de5e847c9254.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdhga a’zo davlatlar parlamentlararo assambleyasi kengashi
mdhga a’zo davlatlar parlamentlararo assambleyasi kengashi
Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi majlisida ishtirok etdi
Majlisda 2026-yil uchun MDH Parlamentlararo Assambleyasi ish rejasi tasdiqlandi.
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati
xabar berdi. Tashrifning birinchi kuni Kengash majlisining kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Majlis davomida Rossiya Federal Majlisi Federal Kengashi raisi Valentina Matviyenko MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining Kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi.
Shu munosabat bilan Narbayeva Matviyenkoni tabriklab, bu qaror uning MDH doirasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan samarali faoliyatining yuqori baholanishi ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, unga kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, 59-yalpi majlisga tayyorgarlik doirasida kun tartibi, reglament va tahrir hay’ati tarkibi tasdiqlandi. 2025-yilda Tojikistonning MDHdagi raisligi yuzasidan axborot eshitilib, kelgusi yilda raislik Turkmanistonga o‘tishi qayd etildi.
Majlisda MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi doimiy komissiyalari raislari tasdiqlanib, ular orasida O‘zbekiston nomzodi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zosi Shuhrat Sharafutdinov Madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha komissiya rahbari etib tasdiqlandi.
Shuningdek, 2026-yil uchun MDH Parlamentlararo Assambleyasi ish rejasi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra Kengash va komissiyalar majlislari, xalqaro forumlar, saylovlarni kuzatish hamda yoshlar va ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, Kengash majlisida qabul qilingan qarorlar MDH davlatlari parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qonun ijodkorligini muvofiqlashtirish va turli sohalarda integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.