Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya-Qozog‘iston strategik hamkorlik va ittifoqchilik deklaratsiyasini imzoladi —tafsilotlar

© Administratsiya Prezidenta RossiiRossiya i Kazaxstan podpisali deklaratsiyu o strategicheskom partnerstve i soyuznichestve
Rossiya i Kazaxstan podpisali deklaratsiyu o strategicheskom partnerstve i soyuznichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2025
Obuna bo‘lish
Putin va Tokayev deklaratsiyani ikki mamlakatning “abadiy do‘stlik va o‘zaro hurmat”ga asoslangan munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga ko‘targan tarixiy qadam deb baholadi
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Qasim-Jomart Toqayev 12-noyabr kuni ikki davlat munosabatlarini hamma sohalarni qamrab olgan strategik hamkorlik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarish haqida deklaratsiya imzoladi.
Hujjat ikki davlat o‘rtasida 1992, 1998 va 2013-yillarda imzolangan do‘stlik va ittifoqchilik shartnomalariga asoslanadi
Siyosiy va xavfsizlik sohasida:
Tomonlar doimiy siyosiy muloqot, liderlar darajasida yaqin aloqalar va ishonchli dialogni davom ettiradi.
Ko‘p qutbli adolatli tartibni qo‘llab-quvvatlash, BMT Ustaviga sodiq qolish ta’kidlandi.
ODKBning mintaqaviy barqarorlikdagi roli alohida qayd etildi.
Biologik, kiberxavfsizlik va kosmik xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi.
Kaspiy dengizi bo‘yicha 2018-yilgi kelishuv prinsiplariga sodiqlik tasdiqlandi.
Iqtisodiy integratsiya va savdo:
Tomonlar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi integratsiyani chuqurlashtiradi.
MDH asosiy integratsion maydon sifatida e’tirof etiladi va hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik yanada kengaytiriladi.
Transport-logistika yo‘laklari — “Shimol–Janub”, “G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy” —ni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
Milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushi oshiriladi.
Energetika, gaz ta’minoti, neft tranziti va yangi quvvatlar qurilishida hamkorlik mustahkamlanadi.
Raqamli texnologiyalar, ekologiya va innovatsiyalar:
Qozog‘istondagi birinchi AES loyihasini amalga oshirishda Rossiyaning asosiy ishtirokchi sifatidagi majburiyatlari tasdiqlandi.
Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, raqamli hujjat ayirboshlash sohalarida hamkorlik kengaytiriladi.
Baykonourda kosmik dasturlarni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik davom etadi.
Chegaradosh hududlarda ekologiyani muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma dasturlar amalga oshiriladi.
Gumanitar sohalar:
Buyuk g‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan umumiy tarixni o‘rganish va hujjatlashtirish dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Rus tilini qo‘llab-quvvatlash va ikki davlat hududida rus-qag‘ozoq maktablarini ochishga kelishildi.
Omskda al-Farobiy universiteti, Ostonada MGIMO filiallari faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi.
Madaniyat, yoshlar siyosati, sport va turizm sohalarida yirik loyihalar amalga oshiriladi.
Regioni Uzbekistana i Rossii podpisali bolee 30 dokumentov o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2025
O‘zbekiston va Rossiya 30 tadan ortiq hamkorlik hujjatlari imzoladi
Yangiliklar lentasi
0