Islom birdamligi o‘yinlari: Akbar Jo‘rayev uch karra chempion bo‘ldi
10:00 13.11.2025 (yangilandi: 10:57 13.11.2025)

© NOK Uzbekistana
Obuna bo‘lish
VI Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston og‘ir atletika va suzishda yuqori natijalar qayd etdi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Saudiya Arabistonida o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta oltin va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medallar:
Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, −110 kg)
Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, siltab ko‘tarish, −110 kg)
Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, ikki kurash, −110 kg)
Ilya Sibirsev (400 metrga erkin suzish)
Eldor Usmonov (100 metrga batterflyay suzish)
Bronza medallar:
Tursunoy Jabborova (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, +86 kg)
Tursunoy Jabborova (og‘ir atletika, siltab ko‘tarish, +86 kg)
Tursunoy Jabborova (og‘ir atletika, ikki kurash, +86 kg)
Sharofiddin Amriddinov (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, +110 kg)
4×100 metrga erkin suzish, erkaklar
