Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Kudratov: MO davlatlari uchinchi bozorlarga chiqishda YeOII imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanLaziz Kudratov
Laziz Kudratov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2025
Obuna bo‘lish
Vazirning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari YeOIIning tranzit va savdo rejimlaridan foydalanib, o‘z mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Markaziy Osiyo (MO) mamlakatlari o‘z mahsulotlarini uchinchi davlatlarga eksport qilishda YeOIIning mavjud rejimlaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda MO mamlakatlari savdo va investitsiya vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ma’lum qildi.
Kudratovning ta’kidiga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) platformasidagi imkoniyatlardan foydalanish MO mahsulotlarini uchinchi mamlakatlar bozorlariga qulay shartlarda olib kirishga yordam beradi.
Vazir, shuningdek, mintaqa davlatlari O‘zbekiston ishtirok etadigan Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi imkoniyatlaridan ham foydalanishi mumkinligini qayd etdi.
Uning aytishicha, bu tizim YeI mamlakatlariga qator tovar turlarini bojsiz eksport qilish imkonini beradi.
Avvalroq Kudratov yig‘ilishda MO mamlakatlariga o‘zaro savdoni qariyb ikki barobarga — 20 milliard dollargacha oshirish bo‘yicha qo‘shma reja qabul qilishni taklif qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017–2024 yillarda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo ikki barobarga o‘sib, qariyb 11 milliard dollarga yetgan.
Vneshnetorgoviy oborot Uzbekistana so stranami YeAES  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2025
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII tashqi savdo aylanmasi
Yangiliklar lentasi
0