"BAXMAL" — Xudoyberdi Nurnazarovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
“Bonum Factum” galereyasida rassom Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
“BAXMAL” — bu nafaqat ko‘rgazma nomi, balki rassom ilhom manbaiga aylangan zaminning ramzi. Baxmal tumani Oykor tog‘ tizmalari orasida joylashgan bo‘lib, serhosil yerlari va mashhur baxmal olmalari bilan tanilgan. Xudoyberdi Nurnazarov ushbu joyning tabiiy go‘zalligi va hayot nafasini impressionistik uslubda ifoda etadi. Uning bo‘yoqlari zich, relyefli va hayotiy — xuddi baxmal matosidek yupqalik va tovlanishga ega.
Ko‘rgazmada rassomning turli janrlardagi asarlari — peyzajlar, portretlar va janroviy sahnalar namoyish etilgan. Ular orqali muallif o‘z Vataniga bo‘lgan mehrini, uning tabiati va odamlariga bo‘lgan hurmatini ifodalaydi. Shu bilan birga, simvolik kompozitsiyalar orqali Nurnazarov ijodiy izlanish doirasini kengaytiradi.
Xudoyberdi Nurnazarov — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn institutining magistri (2007). U yuqori ta’lim tizimida o‘qituvchilik faoliyatini olib borgan hamda ilgari Jizzax shahrida ikki marta shaxsiy ko‘rgazmasini o‘tkazgan.
Rassomning so‘zlariga ko‘ra, maktab devorlarida qishlog‘idan chiqqan rassom Isfandiyor Haydarovning afishalari ilinib turardi. Ana shu afishalar unda rassomchilikka bo‘lgan qiziqishni uyg‘otgan.

"Maktabda rasm fanidan saboq bergan ustozim Uchqun aka — menga ilhom bergan insonlardan biri edi. U kishi tufayli san’atga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi va mustahkamlandi. G‘arbiy Yevropa rassomlaridan Anri Matis, Klod Mone, Van Gog va Gogen ijodi menga juda yoqadi", — dedi rassom Xudoberdi Nurnazarov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.

“BAXMAL” ko‘rgazmasi tomoshabinni rassomning ichki dunyosiga chorlaydi: bu yerda fakturali bo‘yoq orqali tabiat, inson va shaxsiy xotira bir butunga aylanadi.
Ko‘rgazma faoliyat vaqti:
Seshanba — payshanba, shanba va yakshanba kunlari: 12:00–20:00
Dushanba va juma — dam olish kunlari
Ko‘rgazma 2025-yilning 22-noyabriga qadar davom etadi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Yevropaning o‘g‘irlanishi"

"Yevropaning o‘g‘irlanishi" - Sputnik O‘zbekiston
1/13

"Yevropaning o‘g‘irlanishi"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
2/13

Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Xayolimda"

"Xayolimda" - Sputnik O‘zbekiston
3/13

"Xayolimda"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Rassom nigohida Baxmalning ilhomli kuzi"

"Rassom nigohida Baxmalning ilhomli kuzi" - Sputnik O‘zbekiston
4/13

"Rassom nigohida Baxmalning ilhomli kuzi"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Tulporlar og‘ushida"

"Tulporlar og‘ushida" - Sputnik O‘zbekiston
5/13

"Tulporlar og‘ushida"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
6/13

Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Muxabbat"

"Muxabbat" - Sputnik O‘zbekiston
7/13

"Muxabbat"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Rafiqam portreti"

"Rafiqam portreti" - Sputnik O‘zbekiston
8/13

"Rafiqam portreti"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Chavandoz"

"Chavandoz" - Sputnik O‘zbekiston
9/13

"Chavandoz"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
10/13

Xudoyberdi Nurnazarovning “BAXMAL” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Muloqot"

"Muloqot" - Sputnik O‘zbekiston
11/13

"Muloqot"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Tush"

"Tush" - Sputnik O‘zbekiston
12/13

"Tush"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Rassom Xudoyberdi Nurnazarov

Rassom Xudoyberdi Nurnazarov - Sputnik O‘zbekiston
13/13

Rassom Xudoyberdi Nurnazarov

Yangiliklar lentasi
0