Navbatdagi "Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasining sanasi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir NovikovPataya Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka "INNOPROM. Sentralnaya Aziya"
Pataya Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka INNOPROM. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada 35 mamlakatdan 11 mingdan ortiq mehmon ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir doirasida 20 dan ziyod biznes va sanoat forumlari o‘tkaziladi
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 2026-yil 20–22 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Tashkiliy qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, aprel oyida Toshkent yana biznes va texnologiyalar uchun jozibador markazga aylanadi hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi savdo-sanoat hamkorligining asosiy tadbiri — oltinchi xalqaro ko‘rgazmaga mezbonlik qiladi.
Ko‘rgazma 2026-yil 20–22 aprel kunlari o‘tkazilib, uning ekspozitsiya maydoni 18 ming kvadrat metrdan oshishi kutilmoqda. "Innoprom" dasturi doirasida 20 dan ziyod tadbir o‘tkazilib, 35 mamlakatdan 11 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Tadbir O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Toshkentda Rossiyadan tashqarida ilk bor "Innoprom" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan. 2022-yildan buyon forum "Innoprom. Sentralnaya Aziya" nomi bilan o‘tkazilib kelmoqda. 2024-yildagi ko‘rgazma 28–30 aprel kunlari o‘tkazilib, unda Rossiya, O‘zbekiston va MDH mamlakatlaridan 400 dan ortiq kompaniya ishtirok etgan. Forum yakunida qariyb 5 milliard dollarlik kelishuvlar imzolangan.
Na Mejdunarodnoy promishlennoy vistavke Innoprom v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
Aripov "Innoprom. Belarus" ko‘rgazmasi yalpi sessiyasida ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0