Nur, shakl va hayot jilosi: Muhammadjon Sattorov ko‘rgazmasi ochildi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rassom asarlarida nur — bilim, shakl — tartib, hayot esa harakat ramzi sifatida talqin qilinadi.
Toshkent fotosuratlar uyida yosh rassom Muhammadjon Sattorovning “NUR. ShAKL. HAYoT.” nomli ko‘rgazmasi ochildi.
Zamonaviy dunyoning shovqinli, raqamli ritmida inson ba’zan to‘xtab, chuqur nafas olishga, atrofga boshqacha nazar bilan qarashga muhtoj bo‘ladi. Aynan shunday imkoniyatni ushbu ko‘rgazma taqdim etadi.
Nur, shakl va hayot – falsafiy uchlik
Ko‘rgazma nomidagi triada — “NUR. ShAKL. HAYoT.” rassom dunyoqarashining mohiyatini ifodalaydi.

“Nur — bu chiroq yoki quyosh emas. Bu rassom ichida tug‘iladigan va tomoshabinga yetkaziladigan bilimdir. Shakl — tartib va tuzilma, Hayot esa ularning o‘rtasidagi harakat, har bir tuvaldagi yashirin tebranishdir. Tomoshabin buni ko‘rmasligi mumkin, ammo yurak bilan sezadi", - deydi Sattorov.

Sattorov klassik rangtasvirning aniqligini zamonaviy ekspressionizmning ifoda kuchi bilan uyg‘unlashtiradi. U o‘zbek ornamentikasining ruhini yangi badiiy til orqali talqin etadi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
1/15

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ibrohim Valixo‘jayev va Muhammadjon Sattorov ko‘rgazma ochilishida

Ibrohim Valixo‘jayev va Muhammadjon Sattorov ko‘rgazma ochilishida - Sputnik O‘zbekiston
2/15

Ibrohim Valixo‘jayev va Muhammadjon Sattorov ko‘rgazma ochilishida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi mehmonlari

"Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi mehmonlari - Sputnik O‘zbekiston
3/15

"Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi mehmonlari

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Munojot"

"Munojot" - Sputnik O‘zbekiston
4/15

"Munojot"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Yorqin ranglardagi dialog"

"Yorqin ranglardagi dialog" - Sputnik O‘zbekiston
5/15

"Yorqin ranglardagi dialog"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Xatakda kuz"

"Xatakda kuz" - Sputnik O‘zbekiston
6/15

"Xatakda kuz"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
7/15

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, Akmal Nur nutq bilan

O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, Akmal Nur nutq bilan - Sputnik O‘zbekiston
8/15

O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, Akmal Nur nutq bilan

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Xayrlashuv"

"Xayrlashuv" - Sputnik O‘zbekiston
9/15

"Xayrlashuv"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Yangi rakurs"

"Yangi rakurs" - Sputnik O‘zbekiston
10/15

"Yangi rakurs"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
11/15

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Xatakda kuz"

"Xatakda kuz" - Sputnik O‘zbekiston
12/15

"Xatakda kuz"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
13/15

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Kichik tanqidchi"

"Kichik tanqidchi" - Sputnik O‘zbekiston
14/15

"Kichik tanqidchi"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
15/15

Rassom Muhammadjon Sattorovning "Nur. Shakl. Hayot" ko‘rgazmasi

Sattorov bugungi o‘zbek san’atining yangi to‘lqinini ifodalaydi. U an’anani saqlagan holda, uni zamonaviy ifoda vositalari orqali yangilaydi. Rassom uchun san’at – bu so‘zsiz suhbat, tomoshabin bilan yurakdan yurakka o‘tadigan muloqotdir. Kelajakda unga yangi badiiy kashfiyotlar, yuksak ijodiy parvozlar tilaymiz. Chunki Nur, Shakl va Hayot uning asarlarida davom etmoqda — tomoshabin qalbini yoritishda”, —dedi O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Ibrohim Valixo‘jayev.

Muhammajon Sattorov — o‘zbek rangtasvir maktabining yorqin yosh vakillaridan biri. U 1988-yil 15-mayda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tug‘ilgan. Bolaligidan kuzatuvchan, tabiatga va chizishga mehr qo‘ygan. Yosh rassomning iste’dodi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari Sobir Rahmetov va Akmal Ikromjonov ustaxonasida shakllangan.
2013–2017-yillarda u Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn institutida tahsil olib, “Dastgoh rangtasviri” yo‘nalishini puxta egalladi. 2018-yildan buyon O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi a’zosi bo‘lgan Sattorov respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda faol qatnashib kelmoqda.
Ko‘rgazma 2025-yilning 18-noyabriga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0