Yo‘lovchilar 1 mln dan oshdi, interval qisqardi — "metrodagi tig‘izlik"ka munosabat bildirildi

© Sputnik / Aktan TemirkanovStansiya metro Alishera Navoi
Stansiya metro Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2025
Obuna bo‘lish
Toshkent metrosida yo‘lovchilar soni so‘nggi yillarda uch barobarga oshdi — kunlik ko‘rsatkich 1 milliondan oshib, bekatlar soni 50 taga yetdi
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. 2021 yilda Toshkent metropoliteni bir kunda 300 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich kuniga 1 milliondan oshgan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bayonot ijtimoiy tarmoqlardagi “Toshkent metrosidagi tig‘izlik muammolari” mavzusidagi videolarga munosabat sifatida e’lon qilingan.
Ma’lumotda qayd etilishicha, 40-yil mobaynida metropolitenda bekatlar soni 29 tani, umumiy uzunligi esa 38 kmni tashkil etgan. So‘nggi 6-yilda esa qo‘shimcha 33 km metro yo‘nalishlari va 21 ta yangi bekat qurilib, foydalanishga topshirilgan.
Natijada bekatlar soni 50 taga, yo‘nalishlar uzunligi esa 71 kmga yetgan.
So‘nggi uch yilda tig‘iz soatlarda (07:30–09:00) poyezdlar orasidagi interval qisqartirilgan. 2021-yilda 36 ta poyezd harakatlangan bo‘lsa, 2025-yilda ularning soni 75 tadan oshgan. 2026-yil davomida yana 56 ta zamonaviy metro vagoni xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilardan poyezdga chiqish va tushishda tartibga rioya qilishni so‘rab, bu harakat poyezdlar intervallarining barqaror amalga oshishiga yordam berishini ta’kidladi.
V metro Tashkenta otkrilas set bibliotek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2025
Metroda kitob mutolaasi: Toshkentda yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0