Xitoydan Toshkentga 26 ta yangi elektrobus yo‘l oldi

© Sputnik /Dostonbek RahmatullayevO‘zbekistonga Xitoydan avtobus va elektrobus keltirildi
O‘zbekistonga Xitoydan avtobus va elektrobus keltirildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2025
Obuna bo‘lish
Gansu viloyatidan O‘zbekistonga 26 ta yangi elektrobus yo‘lga chiqdi. Ularning har biri bitta zaradda 300 km dan ziyod masofani bosib o‘ta oladi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Xitoyning Gansu viloyatida ishlab chiqarilgan 26 ta yangi elektrobus partiyasi Toshkentga jo‘natildi. Bu haqda RIA novosti xabar berdi.
Elektrobuslar Lanzhou Guangtong New Energy Automobile Co., Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular O‘zbekistonga taxminan 10 kun ichida yetkazilishi kutilmoqda. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, transport vositalari kompaniya muhandislari ishlab chiqqan toza elektr yuritma tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bitta zaradda 300 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘ta oladi.
Elektrobuslar minus 30°S dan plyus 50°S gacha bo‘lgan ekstremal ob-havo sharoitida ham barqaror harakatlana oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oyda yetkazib berilgan 14 ta elektrobus O‘zbekistonda foydalanishga topshirilib, buyurtmachilar va yo‘lovchilar tomonidan ijobiy baholangan.
V Uzbekistan otpravlena ocherednaya partiya elektrobusov iz Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2025
Xitoydan Toshkentga 100 ta elektrobus jo‘natildi
Yangiliklar lentasi
0