Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

FXX: Ukraina razvedkasi MiG-31ni olib qochib, Rossiya-NATO mojarosini qo‘zg‘atmoqchi bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir SergeyevMnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy "Kinjal"
Mnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy Kinjal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2025
Obuna bo‘lish
Ukraina Britaniya ko‘magida operatsiyani Rossiya uchuvchilarini yollash orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina harbiy razvedkasi va uning britaniyalik kuratorlari gipertovushli "Kinjal" raketasi bilan jihozlangan Rossiyaning MiG-31 qiruvchi samolyotini olib qochishga qaratilgan operatsiyaning oldini olganini ma’lum qildi.
FXX ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina razvedkasi rossiyalik uchuvchilarga uch million dollargacha pul va G‘arb davlatlaridan birining fuqaroligini va’da qilib, ularni yollashga uringan. Alohida shturmanga, agar kerak bo‘lsa, o‘g‘irlashga urinish paytida uchuvchini uxlatish yoki yo‘q qilishga undagan. Dushman aloqa o‘rnatish uchun "soxta niqob"dan foydalangan - o‘zini "Bellingcat"* vakili Sergey Lugovskiy deb tanishtirgan.
Ma’lum qilinishicha, u uchuvchiga press-karta yuborgan va "harbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar" uchun to‘lov taklif qilgan. Uchuvchi yollovchilikdan shubhalanib, keyingi muloqotdan bosh tortgan.
Keyinroq Rossiya FXX yozishmalarni e’lon qildi, unda Ukraina razvedkasi kuratori operatsiya "silliq o‘tishiga" ishontirgan, "muvaffaqiyatni Munxenda do‘ndiqqina qizlar davrasida pivo bilan nishonlashga" va’da bergan va uchuvchining ota-onasini "yaxshi tibbiyotga ega qulay mamlakatga" olib bora olishiga ishontirishga uringan.
Operatsiya rejasi
O‘g‘irlangan samolyot Ruminiyaning Konstansa shahridagi NATO aviabazasiga yuborilishi va u yerda havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilishi, bu esa xalqaro janjalni keltirib chiqarishi va alyansni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga tortishi kerak edi.
FXX ukrainalik agentning parvozni qanday balandlikda va qanday tezlikda bajarish kerakligi haqida batafsil tushuntirgan yo‘riqnomasi audioyozuvlarini e’lon qildi. Audioyozuvlarning birida kurator "buning hech qanday qiyin joyi yo‘q" deb ta’kidladi. Shuningdek, videoyozuvlarda uchuvchiga topshiriqni bajargani uchun va’da qilingan bir dasta dollar ko‘rsatilgan.
Ig‘vogarlik maqsadi
Rossiya FXX vakilining so‘zlariga ko‘ra, bunday operatsiya xalqaro vaziyatda "oldindan prognoz qilish qiyin bo‘lgan oqibatlarga" olib kelishi mumkin.
Rossiya Davlat dumasi deputati Dmitriy Belik Kiyevning harakatlari NATOni Rossiya bilan ochiq qarama-qarshilikka tortish istagidan dalolat berishini ta’kidladi:

"Gipertovushli raketaga ega samolyotning olib qochilishi va uning NATO bazasi yaqinida urib tushirilishi rezonans keltirib chiqarishi va alyansning aralashuvini oqlashi kerak edi", - dedi u.

Rossiya javobi
Maxsus xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, provokatsiya urinishiga javoban Rossiya Havo-kosmik kuchlari 9-noyabrdan 10-noyabrga o‘tar kechasi Kiyev viloyatining Brovari shahridagi Ukrainaning radioelektron razvedka bosh markaziga va Xmelniskiy viloyatidagi F-16 samolyotlari joylashgan Starokonstantinov aerodromiga gipertovushli "Kinjal" raketalari bilan zarba berdi.
* Rossiyada nomaqbul tashkilot deb topilgan
Boyevaya rabota sistemi distansionnogo minirovaniya Zemledelie gruppirovki voysk Sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari NATO samolyotlari joylashgan Ukraina aeroportiga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0