https://oz.sputniknews.uz/20251111/transport-boshqaruv-yhxx-tavsiyalar-53378959.html
Transport boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar: YHXX haydovchilarga muhim tavsiyalar berdi — video
Transport boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar: YHXX haydovchilarga muhim tavsiyalar berdi — video
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik O‘zbekistonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida YHXX va IIV vakillari 676-sonli qaror haqida ma’lumot berdi. Endi 12 ballik jarima tizimi avtomobil egasiga emas, uni boshqargan shaxsga nisbatan qo‘llanadi.
2025-11-11T12:10+0500
2025-11-11T12:10+0500
2025-11-11T12:10+0500
yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
o‘zbekiston
yo‘l
iiv
transport
yth
jarima
matbuot markazi
multimedia
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0b/53381146_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_132ee07bb5fde80e7555cc39b645a55c.jpg
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida transport vositalari boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.Tadbirda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoir Yo‘ldoshev hamda YHXX axborot xizmati bosh mutaxassisi Ramil Valatov ishtirok etdi.Spikerlar 2025-yil 25-oktabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 676-sonli qarorining asosiy jihatlari haqida ma’lumot berdi. Ushbu hujjat yo‘l harakatini boshqarish samaradorligini oshirish, harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash hamda transport sohasida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan.Zoir Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, 12 ballik jarima avtomobil egasiga emas, balki uni boshqargan shaxsga nisbatan hisoblanadi.Shuningdek, YHXX vakili haydovchilar uchun muhim tavsiyalar bilan bo‘lishdi:Haydovchilar uchun tavsiyalar:Tadbirning to‘liq yozuvi quyidagi havolada.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0b/53381146_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_c341c1a3ce4434c652288f4de6288166.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sputnik o‘zbekiston, yhxx, yo‘l harakati xavfsizligi, zoir yo‘ldoshev, ramil valatov, iiv, jarima tizimi, 12 ballik tizim, 676-sonli qaror, vazirlar mahkamasi, haydovchilar uchun tavsiyalar, sovuq havoda haydash, transport, raqamli yechimlar, avtomobil, ishonchnoma, mobil ilova, yth, yo‘l xavfsizligi, yxxx, ytx, gai, gay, 12 bal, 12 ball
sputnik o‘zbekiston, yhxx, yo‘l harakati xavfsizligi, zoir yo‘ldoshev, ramil valatov, iiv, jarima tizimi, 12 ballik tizim, 676-sonli qaror, vazirlar mahkamasi, haydovchilar uchun tavsiyalar, sovuq havoda haydash, transport, raqamli yechimlar, avtomobil, ishonchnoma, mobil ilova, yth, yo‘l xavfsizligi, yxxx, ytx, gai, gay, 12 bal, 12 ball
Transport boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar: YHXX haydovchilarga muhim tavsiyalar berdi — video
Eksklyuziv
Matbuot anjumanida YHXX vakillari haydovchilar uchun muhim tavsiyalar berdi hamda 676-sonli qaror, 12 ballik jarima tizimi va uning qo‘llanilishi haqida tushunchalar bayon etishdi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida transport vositalari boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoir Yo‘ldoshev hamda YHXX axborot xizmati bosh mutaxassisi Ramil Valatov ishtirok etdi.
Spikerlar 2025-yil 25-oktabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 676-sonli qarorining asosiy jihatlari haqida ma’lumot berdi. Ushbu hujjat yo‘l harakatini boshqarish samaradorligini oshirish, harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash hamda transport sohasida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan.
Zoir Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, 12 ballik jarima avtomobil egasiga emas, balki uni boshqargan shaxsga nisbatan hisoblanadi.
“Agar haydovchi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali “men mana shu odamga mashinani berdim” deb yozsa va u fuqaro ham ilova orqali mashinani qabul qilganini tasdiqlasa, shundan keyin jarima ballari aynan ishonchnoma asosida mashinani boshqargan shaxsga yoziladi”, — dedi Yo‘ldoshev.
Shuningdek, YHXX vakili haydovchilar uchun muhim tavsiyalar bilan bo‘lishdi:
“Sovuq havoda mashinaning ichidagi issiq harorat haydovchini tez charchatadi va uyquga tortadi. Bu esa yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘zingizni va boshqalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang — charchagan holda avtomobilni boshqarmang”, — ta’kidladi u.
Haydovchilar uchun tavsiyalar:
Yo‘lga chiqishdan oldin yaxshi dam oling va to‘yib uxlang;
Agar yo‘lda uyqu torta boshlasa, mashinani to‘xtatib, havoga chiqing, yengil harakatlar qiling;
Kofe yoki kofeinli ichimliklar qabul qilish uyquni qochirishga yordam beradi.
Tadbirning to‘liq yozuvi quyidagi
havolada.