O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida qancha oltin bor - infografika

Obuna bo‘lish
Oltinning jahon bozorida qimmatlashi fonida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan buyon barqaror o‘smoqda.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1-noyabr holatiga ko‘ra 59,3 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich sentabrga nisbatan 4,3 milliard dollarga ko‘p, deb xabar berdi respublika Markaziy banki.
O‘sishga asosiy omil sifatida oltin narxining jahonda oshishi qayd etilgan. Markaziy bank omborlaridagi oltin zaxiralarining qiymati 3,6 milliard dollarga o‘sib, 47,8 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi ham 11,6 million troya unsiyadan 11,9 million troy unsiyaga yetdi.
Jami zaxiralarning 80 foizidan ortig‘i oltinga to‘g‘ri keladi. Oktabr oyi davomida zaxiralarning valyuta qismi 731,3 million dollarga oshib, 10,91 milliard dollarni tashkil qildi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0