Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina mojarosi: Volchye ozod etildi, Tramp bayonoti, Zelenskiy "go‘shtqiymalagichi"

© Sputnik / Kirill NortonRossiyskiy voyennoslujashiy, arxivnoe foto
Rossiyskiy voyennoslujashiy, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2025
Obuna bo‘lish
Volchye qishlog‘ini 29-gvardiya armiyasining 36-gvardiya brigadasi ozod etdi va Rossiya bayrog‘ini o‘rnatdi
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, “Sharq” qo‘shinlari guruhi Dnepropetrovsk viloyatidagi Volchye aholi punktini to‘liq nazoratga olgan.
Shu bilan birga, “G‘arb” qo‘shinlari guruhi Kupansk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlarining qurshab olingan guruhini yo‘q qilishda davom etmoqda. “Markaz” guruhi esa Krasnoarmeyskda UQKning qolgan bo‘linmalarini tugatish hamda DXRdagi Gnatovka va Rogni tozalash ishlarini olib borapti.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zelenskiyning Ukrainadagi umumsafarbarlik siyosatiga izoh berdi. U o‘z Telegram-kanalida Zelenskiyning onasi 2013-yilda “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusidan iqtibos keltirdi. Unga ko‘ra, Zelenskiy bolalikda “sovet go‘shtqiymalagichi” (masorubka) bilan o‘ynashni yaxshi ko‘rgan. Zaxarova bu haqda quyidagicha izoh berdi:

“Mana sizga javob: nega Zelenskiy doim sammitlarga boradi, ko‘proq qurol talab qiladi va Ukraina fuqarolarini ko‘chalardan ushlab, "go‘shtli hujumlar"ga yuborishni afzal ko‘radi. Har kim bolaligida nima bilan o‘ynagan bo‘lsa, katta bo‘lganida ham shu usuldan foydalanadi".

AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni Vladimir Putin bilan uchrashuv nega o‘tkazilmaganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hozirgi sharoitda mojaroni bartaraf etishni o‘z manfaatiga mos deb hisoblamayapti. Putin esa ilgari ham inqirozni qat’iy hal qilish uchun uning sabablari bartaraf etilishi lozimligini ta’kidlagan.
AQSh davlat kotibi Kolin Pauellning (2002-2005 yillar) sobiq apparati rahbari, iste’fodagi polkovnik Lourens Uilkerson Rossiya prezidenti nima uchun maxsus harbiy operatsiya boshlaganini aniq tushunishini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, NATOning Ukrainaga nisbatan harakatlari Rossiya uchun o‘ziga xos mavjudligiga xavf soluvchi tahdid sifatida qabul qilingan — RF bunday vaziyatda chora ko‘rishga majbur bo‘lgan.
Ukrainada bu oralarda energetik inqiroz keskinlashgan. “Sentrenergo” ma’lum qilishicha, barcha davlat issiqlik elektr stansiyalari to‘xtab qolgan va elektr energiyasi ishlab chiqarish amalga oshirilmayapti.
Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Ukraina prezidenti Zelenskiy Polshaga qochish rejasini tayyorlayotgani haqida bayonot berdi. Uning aytishicha, tinch yo‘l bilan hal etilishi mumkin bo‘lgan vaziyat ortga qaytmas nuqtaga kelib qolgan.
Post vozdushnogo nablyudeniya v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatidagi muhim qishloqni ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0