Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Rossiya va O‘zbekiston: transport, sanoat va raqamli hamkorlik istiqbollari

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Mutaxassislar Rossiya va MO o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar, transport yo‘laklari va sanoat hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida "Rossiya — Markaziy Osiyo: iqtisodiy hamkorlik istiqbollari nimalardan iborat?" mavzusida Ostona — Moskva — Bishkek — Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
"Ma'no" tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashevning ta’kidlashicha, transport va logistika hali ham mintaqa mamlakatlari va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Unga ko‘ra, bugun Yevroosiyo hududida "Shimol–Janub", Transafg‘on va O‘rta (Transkaspiy) transport yo‘laklarining birlashgan tizimi shakllanmoqda.
Ergashev, shuningdek, elektrotexnika va mashinasozlik klasterlarini rivojlantirish zarurligiga urg‘u berdi. Uning fikricha, O‘zbekiston yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba to‘playotgani mintaqa uchun namuna bo‘lishi mumkin.

Uning fikricha, mashinasozlikni rivojlantirish va Rossiya bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish nafaqat Markaziy Osiyo bozoriga, balki janubiy yo‘nalishlarga - shu jumladan, Afg‘onistonga ham yo‘l ochadi.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakchi ilmiy xodimi Baxtiyor Salomov esa “Agroekspress” loyihasi o‘zbekistonlik oziq-ovqat mahsulotlari eksportchilari uchun transport xarajatlarini qariyb 50 foizga kamaytirayotganini qayd etdi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi investorlardan biri bo‘lib qolmoqda va raqamlashtirish mamlakatlar o‘rtasidagi texnologik hamkorlikning yangi bosqichiga aylanmoqda.
V Podmoskovye sostoyalos Vtoroe zasedanie Soveta regionov Uzbekistana i Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2025
Rossiya va O‘zbekiston hududlar kengashi: imzolagan asosiy kelishuvlar va natijalar
Yangiliklar lentasi
0