https://oz.sputniknews.uz/20251108/kupyansk-ukraina-qurshov-53326835.html
Kupansk va Krasnoarmeyskda Ukraina kuchlari qurshovni yorib o‘ta olmadi
Kupansk va Krasnoarmeyskda Ukraina kuchlari qurshovni yorib o‘ta olmadi
Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi Rossiya Qurolli kuchlarining Krasnoarmeysk va Kupansk yaqinidagi harakatlari haqida xabar berdi. 08.11.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-11-08T17:32+0500
2025-11-08T17:32+0500
2025-11-08T17:59+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
donesk xalq respublikasi (dxr)
lugansk xalq respublikasi (lxr)
zaporojye viloyati
xerson viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/02/53176875_0:275:3151:2047_1920x0_80_0_0_75c31fa8f837c97f28c72ab5d56ddea9.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukraina qurolli kuchlarining Kupansk va Krasnoarmeysk hududlarida qurshab olingan bo‘linmalarini yo‘q qilishda davom etmoqda, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.KupanskRossiya Qurolli kuchlari "G‘arb" guruhining 6-armiyasi hujum bo‘linmalari Xarkov viloyatidagi Kupansk yaqinida dushmanni yo‘q qilishda davom etmoqda.Masalan, ukrainalik jangarilarning qurshovdagi bo‘linmalarni yengillashtirishga urinishi chog‘ida rus askarlari Osinovo hududidan ikkita hujumni qaytardi.So‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli Kuchlari Kupansk yaqinidagi yo‘qotishlari 55 nafargacha harbiy xizmatchi, 18 ta qurol va harbiy texnika, shu jumladan ikkita zirhli jangovar mashina, Amerikada ishlab chiqarilgan ikkita 155 mm "Paladin" o‘ziyurar to‘p, 7ta pikap, 4ta elektron kurash stansiyalarini tashkil etdi. Kupansk Xarkov viloyatining sharqiy qismida Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasi uchun muhim shahar hisoblanadi. U Oskol darosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, u shaharni ikki qismga ajratadi. U tabiiy mudofaa chizig‘i va oldingi chiziq bo‘ylab tabiiy to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Bu shaharni ozod qilish daroni kesib o‘tish va Xarkov viloyatida g‘arbga qarab yurish imkonini beradi.Krasnoarmeysk va DimitrovBundan tashqari, Grishino qishlog‘i hududida rus qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlarini qurshovdan chiqib ketish maqsadida uyushtirilgan 14 ta hujumni qaytardi. Natijada “Ukraina Qurolli kuchlarining 32-mexanizatsiyalashgan brigadasining shimoliy yo‘nalishda qamaldan chiqib ketishga urinishi bartaraf etildi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.Dimitrovda 51-armiyaning 5-motoo‘qchilar brigadasi bo‘linmalari Vostochniy mikrorayonida faol hujumni davom ettirmoqda, 19ta bino ozod qilindi.Dimitrov Krasnoarmeysk bilan birgalikda shahar aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Bu Donbasdagi Ukraina Qurolli Kuchlari uchun muhim transport markazi: Chasov Yarga yetkazib berish va mustahkamlash yo‘llarining muhim qismi Kostantinovka orqali o‘tgan. Selidovoni o‘q-dorilar bilan ta’minlashda ham muhim rol o‘ynadi. Krasnoarmeysk DXRdagi butun front chizig‘i bo‘ylab Ukraina mudofaasining tamal toshi edi.So‘nggi 24 soat ichida Ukraina armiyasining Krasnoarmeysk va Dimitrov yaqinidagi yo‘qotishlari 240 dan ortiq askar, tank, ikkita zirhli jangovar mashina, shu jumladan Shvetsiyada ishlab chiqarilgan Pbv 302 zirhli transport vositasi, uchta pikapni tashkil qildi. Ma’lumot uchun, so‘nggi bir necha kun davomida Rossiya qurolli kuchlari umumiy maydoni 44 km.kv.ga teng bo‘lgan "Mirnograd qozoni"da 5 mingga yaqin Ukraina askarlarini qamalda ushlab turibdi. Ularning oziq-ovqat va qurol-aslaha ta’minoti uzilgan.
ukraina
lugansk xalq respublikasi (lxr)
zaporojye viloyati
xerson viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/02/53176875_234:0:2963:2047_1920x0_80_0_0_d665d8ef347099083e0aaca040d8852b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), zaporojye viloyati, xerson viloyati
rossiya, ukraina, donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), zaporojye viloyati, xerson viloyati
Kupansk va Krasnoarmeyskda Ukraina kuchlari qurshovni yorib o‘ta olmadi
17:32 08.11.2025 (yangilandi: 17:59 08.11.2025) Mudofaa vazirligi Rossiya Qurolli kuchlarining Krasnoarmeysk va Kupansk yaqinidagi harakatlari haqida xabar berdi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukraina qurolli kuchlarining Kupansk va Krasnoarmeysk hududlarida qurshab olingan bo‘linmalarini yo‘q qilishda davom etmoqda, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
Rossiya Qurolli kuchlari "G‘arb" guruhining 6-armiyasi hujum bo‘linmalari Xarkov viloyatidagi Kupansk yaqinida dushmanni yo‘q qilishda davom etmoqda.
Masalan, ukrainalik jangarilarning qurshovdagi bo‘linmalarni yengillashtirishga urinishi chog‘ida rus askarlari Osinovo hududidan ikkita hujumni qaytardi.
“Petrovka qishlog‘i yaqinida dushman hujum guruhining Oskol darosi orqali vayron bo‘lgan o‘tish joyini qayta tiklash uchun buzib o‘tishga urinishi bartaraf etildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
So‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli Kuchlari Kupansk yaqinidagi yo‘qotishlari 55 nafargacha harbiy xizmatchi, 18 ta qurol va harbiy texnika, shu jumladan ikkita zirhli jangovar mashina, Amerikada ishlab chiqarilgan ikkita 155 mm "Paladin" o‘ziyurar to‘p, 7ta pikap, 4ta elektron kurash stansiyalarini tashkil etdi.
Kupansk Xarkov viloyatining sharqiy qismida Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasi uchun muhim shahar hisoblanadi. U Oskol darosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, u shaharni ikki qismga ajratadi. U tabiiy mudofaa chizig‘i va oldingi chiziq bo‘ylab tabiiy to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Bu shaharni ozod qilish daroni kesib o‘tish va Xarkov viloyatida g‘arbga qarab yurish imkonini beradi.
Krasnoarmeysk va Dimitrov
"Markaz" guruhining 2-armiyasining hujum guruhlari Markaziy okrugning sharqiy qismida va DXRning g‘arbiy Krasnoarmeysk sanoat zonasida ukrainalik jangarilarni yo‘q qilishda davom etmoqda. Shuningdek, Gnatovka va Rog shaharchalarini tozalash ishlari olib borilmoqda. Oxirgi 24 soat ichida 39 ta bino ozod qilindi.
Bundan tashqari, Grishino qishlog‘i hududida rus qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlarini qurshovdan chiqib ketish maqsadida uyushtirilgan 14 ta hujumni qaytardi. Natijada “Ukraina Qurolli kuchlarining 32-mexanizatsiyalashgan brigadasining shimoliy yo‘nalishda qamaldan chiqib ketishga urinishi bartaraf etildi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Dimitrovda 51-armiyaning 5-motoo‘qchilar brigadasi bo‘linmalari Vostochniy mikrorayonida faol hujumni davom ettirmoqda, 19ta bino ozod qilindi.
Dimitrov Krasnoarmeysk bilan birgalikda shahar aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Bu Donbasdagi Ukraina Qurolli Kuchlari uchun muhim transport markazi: Chasov Yarga yetkazib berish va mustahkamlash yo‘llarining muhim qismi Kostantinovka orqali o‘tgan. Selidovoni o‘q-dorilar bilan ta’minlashda ham muhim rol o‘ynadi. Krasnoarmeysk DXRdagi butun front chizig‘i bo‘ylab Ukraina mudofaasining tamal toshi edi.
So‘nggi 24 soat ichida Ukraina armiyasining Krasnoarmeysk va Dimitrov yaqinidagi yo‘qotishlari 240 dan ortiq askar, tank, ikkita zirhli jangovar mashina, shu jumladan Shvetsiyada ishlab chiqarilgan Pbv 302 zirhli transport vositasi, uchta pikapni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bir necha kun davomida Rossiya qurolli kuchlari umumiy maydoni 44 km.kv.ga teng bo‘lgan "Mirnograd qozoni"da 5 mingga yaqin Ukraina askarlarini qamalda ushlab turibdi. Ularning oziq-ovqat va qurol-aslaha ta’minoti uzilgan.