Kino MDHda xalqlarni birlashtiruvchi san’atga aylanishi mumkin
14:39 08.11.2025 (yangilandi: 14:58 08.11.2025)

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
/ Obuna bo‘lish
Kino san’ati orqali an’anaviy qadriyatlar va tarixiy haqiqatni saqlab qolish mumkin - Matveychuk.
TOShKENT, 8 noya —Sputnik. Toshkentdagi Sputnik matbuot markazida “Exo Yevrosiyo-Kinofest”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda rejissor Janik Fayziyev, “Yevrosiyo-Kinofest" xalqaro Yevroosiyo kinofestivalining badiiy rahbari Sergey Novojilov, “Yevrosiyo” ANT Xalqaro loyihalar bo‘limi boshlig‘i Vacheslav Matveychuk ishtirok etdi.
Vacheslav Matveychuk "Yevrosiyo-Kinofest" ilk bor 2024-yilda Moskvada rejissor Tigran Keosayan tashabbusi bilan o‘tkazilganini va bu Yevroosiyo qit’asining birinchi xalqaro kinofestivali bo‘lganini esga oldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu festivalning muvaffaqiyati uning an’anaga aylanishi kerakligini namoyish qilgan.
“Kino ijodkorlarining tadbirga qiziqishi shu qadar katta ediki, biz uning yordamida postsovet hududidagi qardosh xalqlarni birlashtirish, kino san’ati prizmasi orqali an’anaviy qadriyatlar va tarixiy haqiqatni saqlab qolish mumkinligini tushundik”, - deydi Matveychuk.
Bugungi kunda, “Exo Yevrosiyo-Kinofest”ga o‘xshash tadbirlar allaqachon Qirg‘iziston, Abxaziya, Armaniston, Belarus, Xitoy, shuningdek, Lugansk va Donetsk xalq respublikalarida bo‘lib o‘tgan. Endi estafetani Toshkent oldi.
O‘zbek sahnasi dasturi uch kunga mo‘ljallangan bo‘lib, unda eng yaxshi filmlar namoyishi, mahorat saboqlari, davra suhbatlari, VGIK talabalari uchun o‘quv modullari, Yevroosiyo kinematograflari yoshlar uyushmasi yig‘ilishi, taniqli teatr va kino aktorlari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.
Rejissor Janik Fayziyev, festival asoschisi, marhum Tigran Kiosayan bilan talabalik yillarini baham ko‘rganini va uzoq yillik do‘stlik rishtalari bog‘lab turganini esga oldi.
"Festivalda ishtirok etishimni bir martalik bo‘ladi deb o‘ylagandim, lekin afsuski, Tigran bevaqt vafot etdi. Bu barchamiz uchun katta qayg‘u bo‘ldi", - deydi Fayziyev va shundan so‘ng u do‘stining ishini davom ettirishga qaror qilganini aytib o‘tdi.
"Men Sovet Ittifoqida ulg‘ayganman va hozirgacha biz hammamiz bir katta oila ekanligimizni his qilaman. Ittifoq parchalanganidan keyin asosan yo‘qolgan xalqlar va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish qanchalik muhimligini tushunaman", deb ta’kidladi rejisser.
Shuningdek, Fayziyev ayni damda ular ikkita muhim loyiha ustida ishlayotganlarini, ulardan biri tarixiy fentezi filmi, ikkinchisi esa urush yillarida O‘zbekiston 900 mingga yaqin yetim va qochqin bolalarni qabul qilib olgani haqidagi serial bo‘lishini ma’lum qildi.
Festivalning badiiy rahbari Sergey Novojilov Yevroosiyo-Kinofest brendi nafaqat Yevroosiyo, balki jahon festivallar hamjamiyatida mustahkam o‘rin topishiga ishonch bildirdi.
U tashkilotchilar tomonidan badiiy dasturga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, kinoforumni o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga minnatdorlik bildirdi.
"Exo Evraziya-Kinofest" Moskva va Sochida bo‘lib o‘tgan va 35 000 dan ortiq tomoshabinni jalb qilgan yirik Yevroosiyo kinofestivalning davomi hisoblanadi. Festivalda Rossiya, Armaniston, Hindiston, Serbiya, Germaniya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Braziliya, Janubiy Afrika va boshqa mamlakatlarning filmlari kiritilgan.
Kinoforum yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va YeOII mamlakatlarida professional hamjamiyatni rivojlantirishga qaratilgan.
Matbuot anjumaninig to‘liq videosi bilan (rus tilida) quyida tanishing.
Matbuot anjumaninig to‘liq videosi bilan (rus tilida) quyida tanishing.