Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII onlayn xaridlarni qulay va xavfsiz qilishga harakat qilmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovDevushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2025
Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda IT texnologiyalar rivoji hamda savdo to‘siqlarining kamayishi natijasida YeOII davlatlarida onlayn savdo hajmi tez rivojlanmoqda.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi onlayn xaridlarni mijozlar uchun qulay va xavfsiz qilishni maqsad qilgan, deydi YeIK Sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari departamentining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Lidiya Osaulenko.

"Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish YeOII mamlakatlari orasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlardan biridir. Bu ish iste’molchilar ishonchini mustahkamlash va ularning manfaatlarini, jumladan, onlayn-tijoratda samarali himoya qilishni ta’minlashga yordam beradi. Komissiya tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan so‘rovlar bu borada juda qo‘l keladi", - dedi Osaulenko.

Ayni damda ana shunday so‘rovlardan biri davom etmoqda. Unda ishtirok etgan iste’molchilar ma’lum qilishiga ko‘ra, ularning ko‘pchilligi (60%) har hafta va oyda bir necha marotaba yirik onlayn magazinlarda xaridlar amalga oshiradi.
Onlayn xaridlar iste’molchilarga narxlarning arzonligi, yetkazib berishning qulayligi bilan ma’qul. Xaridorlarning 55% hech qachon huquqlari buzilmaganini va 36% - kamdan kam hollarda huqulari buzilishiga duch kelganini qayd etgan
Shu bilan birga iste’molchilar onlayn do‘konlarda sotuvdan keyingi kafolatlash xizmati yetishmasligini qayd etishgan.
Yangiliklar lentasi
0