https://oz.sputniknews.uz/20251107/rossiya-garb-ukraina-53313848.html
Rossiya G‘arbdan Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘larni kuzatmoqda – Zaxarova
Rossiya G‘arbdan Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘larni kuzatmoqda – Zaxarova
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi G‘arb mamlakatlaridan Kiyev rejimiga kelib tushayotgan qurol-yarog‘larni kuzatmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
2025-11-07T19:01+0500
2025-11-07T19:01+0500
2025-11-07T19:01+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
mariya zaxarova
rossiya
ukraina
g‘arb
qurol-yarog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40570612_535:13:2922:1356_1920x0_80_0_0_6af950d1600e7e2e55e0d1afa5db11df.jpg
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi G‘arb mamlakatlaridan Kiyev rejimiga kelib tushayotgan qurol-yarog‘larni kuzatmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.Zaxarova “Bloomberg” nashrining Buyuk Britaniya Ukrainaga yangi qurol-yarog‘lar partiyasini yetkazib bergani haqidagi xabariga shunday munosabat bildirdi.Nashr 3-noyabr kuni Britaniya Ukrainaga “Storm Shadow” qanotli raketalarning yangi partiyasini yetkazib berganini yozgandi.Rossiya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni kelishuvlar yo‘lidagi to‘siq, NATO davlatlarini mojaroga tortadigan omil va "o‘t bilan o‘ynash" deb hisoblamoqda. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, Ukraina uchun bo‘lgan har qanday qurol yuki Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanadi.Kreml ham G‘arbning Ukrainaga qurol yetkazib berishi muzokaralarga yordam bermasligini, aksincha, salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirdi.Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va NATO Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etayotganini qayd etdi — bu nafaqat qurol-yarog‘ jo‘natish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlar hududida Ukraina qo‘shinlari uchun kadrlar tayyorlash orqali ham amalga oshirilayapti.
https://oz.sputniknews.uz/20251024/putin-bayonotlar-52942901.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40570612_518:0:2922:1803_1920x0_80_0_0_a958cef468fef1700f9ef5c25eb6ec19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya g‘arb ukraina qurol yarog‘
rossiya g‘arb ukraina qurol yarog‘
Rossiya G‘arbdan Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘larni kuzatmoqda – Zaxarova
Avvalroq Britaniya Ukrainaga “Storm Shadow” qanotli raketalarning yangi partiyasini yetkazib bergani ma’lum bo‘lgandi.
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi G‘arb mamlakatlaridan Kiyev rejimiga kelib tushayotgan qurol-yarog‘larni kuzatmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Albatta, mudofaa idoramiz turli G‘arb koalitsiyalaridan Kiyev rejimiga kelib tushayotgan qurol-yarog‘larni kuzatmoqda. Biz ham bunga Mudofaa vazirligi ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda munosabat bildiramiz”, - dedi u brifing chog‘ida.
Zaxarova “Bloomberg” nashrining Buyuk Britaniya Ukrainaga yangi qurol-yarog‘lar partiyasini yetkazib bergani haqidagi xabariga shunday munosabat bildirdi.
Nashr 3-noyabr kuni Britaniya Ukrainaga “Storm Shadow” qanotli raketalarning yangi partiyasini yetkazib berganini yozgandi.
Rossiya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni kelishuvlar yo‘lidagi to‘siq, NATO davlatlarini mojaroga tortadigan omil va "o‘t bilan o‘ynash" deb hisoblamoqda. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, Ukraina uchun bo‘lgan har qanday qurol yuki Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanadi.
Kreml ham G‘arbning Ukrainaga qurol yetkazib berishi muzokaralarga yordam bermasligini, aksincha, salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirdi.
Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va NATO Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etayotganini qayd etdi — bu nafaqat qurol-yarog‘ jo‘natish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlar hududida Ukraina qo‘shinlari uchun kadrlar tayyorlash orqali ham amalga oshirilayapti.