Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Komandir Lavrik: Kupansk hafta davomida ozod qilinadi

Obuna bo‘lish
Shaharning ozod qilinishi Rossiya harbiylariga Xarkov viloyatining g‘arb tomoni sari olg‘a borish imkoniyatini beradi.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Kupansk yaqin hafta davomida ozod qilinadi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Qurolli kuchlari hujumchi otradining “Lavrik” chaqiruv belgisi bo‘lgan komandiri ma’lum qildi.
“Ishonchim komilki, yaqin hafta ichida shahar to‘liq ozod qilinadi. Hammaning kayfiyati jangovar, vazifani bajaramiz”, - dedi harbiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar shaharda Oskor daroning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab olg‘a harakat qilmoqda. 130 taga yaqin binoni ozod qilish qolgan, xolos.
26 oktabr kuni Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga “G‘arb” qo‘shinlari guruhi Oskol darosi orqali kechish o‘tishni o‘z qo‘liga olgani va Kupanskni qurshovga olganini ma’lum qilgan edi.
Kupansk – Ukraina armiyasi mudofaasi uchun Xarkov viloyatining sharqiy qismidagi asosiy shaharlardan biri. Shahar uni ikki qismga ajratuvchi Oskol darosi ustida joylashgan. Shaharning ozod qilinishi Oskolni kechib o‘tib, Xarkov viloyatining g‘arb tomoni sari olg‘a borish imkoniyatini beradi.
Boysi ChVK Vagner gotovat protivotankovuyu upravlyayemuyu raketu (PTUR) k obstrelu pozitsiy VSU v Artyomovske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
"Axmat" komandiri: Ukraina armiyasi tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanmoqda
Yangiliklar lentasi
0