https://oz.sputniknews.uz/20251105/tibbiy-yordam-yangi-tartib-53255600.html
Tibbiy yordam: davlat va nodavlat muassasalari uchun yangi tartib joriy etildi
Tibbiy yordam: davlat va nodavlat muassasalari uchun yangi tartib joriy etildi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat yangi qaror bilan davlat budjeti hisobidan tibbiy yordam tartibini belgiladi. Yo‘llanmalar elektron axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.
2025-11-05T18:10+0500
2025-11-05T18:10+0500
2025-11-05T18:10+0500
tibbiyot muassasi
yangi qonun
bemorlar
davlat budjeti
tibbiy ko‘rik
shifoxona
shifokor
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/38/73/387370_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_7d96df9e8721b05e5e2056fff42ba45e.jpg
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. O‘zbekistonda davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan mazkur masala bo‘yicha nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, yo‘llanma asosida quyidagi hollarda davlat mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi:Tibbiy yordam olish uchun bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi. Oilaviy shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, zarurat bo‘lsa, tor mutaxassisga yo‘naltiriladi.Bemorlarga statsionar sharoitda tibbiy yordam olishga ko‘rsatma bo‘lganda, tor soha mutaxassisi yoki oilaviy shifokor tomonidan tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasasida rejali statsionar tibbiy yordam olish uchun axborot tizimi orqali yo‘llanma beriladi.Bemor ma’lumotlari respublika darajasidagi yo‘nalish bo‘yicha tibbiy-tanlov komissiyalari tomonidan o‘rganiladi va natijasi bo‘yicha 2 ish kunida elektron axborot tizimi orqali xulosa beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251105/irsiy-genetik-kasalliklar-yordam-53250061.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/38/73/387370_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_255c53dae38c004fd11169518d38b8c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat tibbiy yordami, yangi tartib, hukumat qarori, tibbiy yo‘llanma, elektron axborot tizimi, imtiyozli bemorlar, statsionar yordam, klinik protokollar, oilaviy shifokor, tor mutaxassis, tibiy yordam
davlat tibbiy yordami, yangi tartib, hukumat qarori, tibbiy yo‘llanma, elektron axborot tizimi, imtiyozli bemorlar, statsionar yordam, klinik protokollar, oilaviy shifokor, tor mutaxassis, tibiy yordam
Tibbiy yordam: davlat va nodavlat muassasalari uchun yangi tartib joriy etildi
Davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarida aholiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi yangicha mexanizmlar asosida tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. O‘zbekistonda davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan mazkur masala bo‘yicha nizom
tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, yo‘llanma asosida quyidagi hollarda davlat mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
tuman (shahar) va hududiy darajalarda – aholining barcha toifalariga;
respublika darajasida – imtiyozli bemorlarga.
Tibbiy yordam olish uchun bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi. Oilaviy shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, zarurat bo‘lsa, tor mutaxassisga yo‘naltiriladi.
Tor soha mutaxassisi tomonidan bemorlar 1 ish kunida amaldagi klinik protokollar hamda tashxislash va davolash standartlariga muvofiq ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Bemorlarga statsionar sharoitda tibbiy yordam olishga ko‘rsatma bo‘lganda, tor soha mutaxassisi yoki oilaviy shifokor tomonidan tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasasida rejali statsionar tibbiy yordam olish uchun axborot tizimi orqali yo‘llanma beriladi.
Bemor ma’lumotlari respublika darajasidagi yo‘nalish bo‘yicha tibbiy-tanlov komissiyalari tomonidan o‘rganiladi va natijasi bo‘yicha 2 ish kunida elektron axborot tizimi orqali xulosa beriladi.