Toshkentda mashhur rassom Yanis Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi — foto

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ko‘rgazmada rassomning linogravura va ksilografiya janrlarida ishlangan 80 tadan ortiq asarlari namoyish qilindi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida atoqli grafika va illyustratsiya ustasi Yanis Kiriakidisning ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Rassomning 85-yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ramziy nom oldi - "...Men yana do‘stlar orasidaman".
Ko‘rgazmada rassomning linogravura va ksilografiya janrlarida ishlangan 80 tadan ortiq asarlari namoyish qilindi. Ularning har biri muallifning boy hayotiy tajribasi, badiiy tafakkuri va estetik qarashlarini mujassam etgan.

San’at yo‘lida — yarim asrlik izlanishlar

Ivan Dmitriyevich Kiriakidi — 1970–1990 yillarda O‘zbekistondagi linogravura, ksilografiya va rangtasvir san’atining yetakchi ustalaridan biri bo‘lgan. Uning ijodi O‘zbekiston san’atining rivojiga katta hissa qo‘shgan, asarlari esa nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo bo‘ylab e’tirof etilgan.

Rassom 1940-yilda Gruziyaning Kaspi shahrida tug‘ilgan. Yoshligi Qozog‘istonda o‘tgan. U 1962–1967 yillarda Lvovdagi Ivan Fedorov nomidagi poligrafiya institutida tahsil olib, kitob grafikasining nozik sirlarini o‘rgangan.

1967-yilda Toshkentga kelgan san’atkor dastlab badiiy muharrir sifatida faoliyat yuritgan, 1973-yildan boshlab esa G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh rassom lavozimida ishlagan. 1983-yilda esa O‘zbekiston Davlat nashriyot qo‘mitasining Eksperimental grafika bo‘limi bosh rassomiga aylandi.

1978 yildan u sobiq SSSR Rassomlar uyushmasi a’zosi, 1991-yildan esa Gretsiyaning Afina shahrida yashab ijod qilib kelmoqda.
San’at va hayot musofiri

Yanis Kiriakidis hayoti va ijodi ko‘plab xalqlar, madaniyatlar va mamlakatlar bilan chambarchas bog‘langan. U bu tuyg‘ularni Gretsiyada yozgan she’rlari orqali ham ifodalagan. Rassom hayoti davomida SSSR, Angliya, AQSh, Fransiya, Braziliya, Gretsiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Norvegiya, Daniya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan 400 tadan ortiq ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.

Uning asarlari ko‘plab muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi, ko‘plab mukofot va medallar bilan taqdirlangan. Shuningdek, rassom 1959-yildan boshlab o‘zining she’rlari va chizmalari bilan gazeta sahifalarida chiqish qilib keladi.

Uning “Sayyoh ziyoratchining tavba-tazarrusi”, “So‘nggi Apostol”, “Ruhlar vodiysi”, “Teatr mavsumi”, “Gunohkorlar jannati”, “Dingo itining onasi” va “Shamning e’tirofi” kabi she’r to‘plamlari Rossiya va Gretsiyada chop etilgan.

“Ivan bilan 18-yil birgalikda ishladik. Kitob grafikasini yuksak san’at darajasiga ko‘targan ajoyib rassom. U ijod qilgan yillarda o‘zbek kitob grafikasi Sovet Ittifoqida kuchli uchlikdan joy oldi. Uning sharofati bilan san’atshunos bo‘ldim. Uning asarlarida qadimiylik nafasi, plastika uyg‘unligi va shaklning qat’iy go‘zalligini his qilish mumkin”, — dedi san’atshunos Natalya Muxina Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.

Rassom so‘zlari bilan
Rassom o‘z ijodiy ruhiy holatini shunday ifodalagan edi: “Yashirin yo‘llar bo‘ylab, yulduzlardan yulduzlargacha, orzular hech charchamasdan kezadi... Fikrlarim dunyoning sirli chegaralarini izlab, har joyda kezadi... Men esa noma’lum mohiyatni anglamasdan uxlab qolish mumkinligiga ishonmayman.”
Bu so‘zlar uning butun umri davomida san’atga, izlanishga va yaratuvchanlikka sadoqatini ifodalaydi. Ko‘rgazma san’at ixlosmandlari uchun rassom ijodini yangidan kashf etish, u bilan “yana do‘stlar orasida” bo‘lish imkonini beradi.
Ko‘rgazma san’at ixlosmandlari uchun rassom ijodini yangidan kashf etish, u bilan “yana do‘stlar orasida” bo‘lish imkonini beradi.
Ko‘rgazma 2025-yilning 13-noyabriga qadar davom etadi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Gretsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Paraskevi Seveleki ochilish marosimida

Gretsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Paraskevi Seveleki ochilish marosimida - Sputnik O‘zbekiston
1/18

Gretsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Paraskevi Seveleki ochilish marosimida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Alisher Navoiy" seriyasi linogravura,1967-68 yy.

"Alisher Navoiy" seriyasi linogravura,1967-68 yy. - Sputnik O‘zbekiston
2/18

"Alisher Navoiy" seriyasi linogravura,1967-68 yy.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mashhur rassom Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

Mashhur rassom Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
3/18

Mashhur rassom Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Uilyam Shekspir. "Sonetlar" seriyasi ksilografiya, 6,4x7,8, 1978-yil.

"Uilyam Shekspir. "Sonetlar" seriyasi ksilografiya, 6,4x7,8, 1978-yil. - Sputnik O‘zbekiston
4/18

"Uilyam Shekspir. "Sonetlar" seriyasi ksilografiya, 6,4x7,8, 1978-yil.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Yanis Salpinkidi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Yanis Salpinkidi - Sputnik O‘zbekiston
5/18

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Yanis Salpinkidi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Toshkent" turkumi, linogravura, 1967-68 gg.

"Toshkent" turkumi, linogravura, 1967-68 gg. - Sputnik O‘zbekiston
6/18

"Toshkent" turkumi, linogravura, 1967-68 gg.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
7/18

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Megara Quduq yonida", ksilografiya, 16,5x11, 2008 y.

"Megara Quduq yonida", ksilografiya, 16,5x11, 2008 y. - Sputnik O‘zbekiston
8/18

"Megara Quduq yonida", ksilografiya, 16,5x11, 2008 y.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Yanis (Ivan) Kiriakidisning qizi ochilish marosimida

Yanis (Ivan) Kiriakidisning qizi ochilish marosimida - Sputnik O‘zbekiston
9/18

Yanis (Ivan) Kiriakidisning qizi ochilish marosimida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
10/18

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Toshkent" turkumi, linogravura, 1967-68 gg.

"Toshkent" turkumi, linogravura, 1967-68 gg. - Sputnik O‘zbekiston
11/18

"Toshkent" turkumi, linogravura, 1967-68 gg.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
12/18

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
13/18

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Qadimgi Yunoniston afsonalari" turkumi, linogravura, 2004 y.

"Qadimgi Yunoniston afsonalari" turkumi, linogravura, 2004 y.  - Sputnik O‘zbekiston
14/18

"Qadimgi Yunoniston afsonalari" turkumi, linogravura, 2004 y.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
15/18

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
16/18

Yanis (Ivan) Kiriakidisning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Megara Xalq an’analari", ksilografiya, 16,5x11, 2008 y.

"Megara Xalq an’analari", ksilografiya, 16,5x11, 2008 y. - Sputnik O‘zbekiston
17/18

"Megara Xalq an’analari", ksilografiya, 16,5x11, 2008 y.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Rassom Yanis Kiriakidisning ko‘rgazmasi afishasi

Rassom Yanis Kiriakidisning ko‘rgazmasi afishasi - Sputnik O‘zbekiston
18/18

Rassom Yanis Kiriakidisning ko‘rgazmasi afishasi

Yangiliklar lentasi
0