https://oz.sputniknews.uz/20251104/ukraine-qurshov-qutqarish-yollanma-jangchilar-hujum-53233020.html
Ukraina QQni qurshovdan qutqarishga uringan chet el yollanma jangchilari hujumi bartaraf etildi
Ukraina QQni qurshovdan qutqarishga uringan chet el yollanma jangchilari hujumi bartaraf etildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya armiyasi DXR va Xarkovda Ukraina qo‘shinlarini qurshovga olmoqda. Mudofaa vazirligi Dimitrov va Krasnoarmeyskdagi hujumlar bartaraf etilganini ma’lum qildi.
2025-11-04T19:20+0500
2025-11-04T19:20+0500
2025-11-05T07:54+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
rossiya mudofaa vazirligi
dunyoda
donesk xalq respublikasi (dxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0e/39955780_0:0:3221:1813_1920x0_80_0_0_cbf378c8fd6e21b9b316cfe38394c0a8.jpg
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRning Grishino qishlog‘i yaqinida xorijiy yollanma askarlarning Ukraina Qurolli kuchlarining qurshovga tushgan guruhini ozod etishga qaratilgan uch urinishni bartaraf etdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.Ma’lumotga ko‘ra, Dimitrov hududida nazorat zonasi kengaytirilmoqda va qurshov halqasi siqilmoqda. Dimitrov va Krasnoarmeysk Donbassda Ukraina armiyasining muhim transport markazini tashkil etadi. Krasnoarmeysk Ukraina mudofaasining front bo‘ylab asosiy tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi.Shu bilan birga, Rossiya armiyasi Krasnoarmeyskning shimoliy va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishlarida qurshovdan chiqishga urinayotgan Ukraina kuchlarining o‘nta hujumini qaytardi. Xarkov viloyatidagi Kupanskda ham Rossiya qo‘shinlari qurshovni mustahkamlashda davom etmoqda.26 oktabr kuni Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov prezident Putinga “Markaz” guruhi Krasnoarmeysk va Dimitrovdagi Ukraina qo‘shinlarini to‘liq qamal qilgani haqida ma’lumot berdi. Shu bilan bir vaqtda “G‘arb” guruhi ham Kupanskda besh mingga yaqin Ukraina harbiysini qurshovga olgani aytilmoqda. Rossiya tomoni Ukraina armiyasini taslim bo‘lishga chaqirmoqda.O‘tgan hafta Putin Mudofaa vazirligiga Krasnoarmeysk, Dimitrov va Kupanskdagi blokada qilingan hududlarga xorijiy ommaviy axborot vositalariga kirishni ta’minlash to‘g‘risida topshiriq berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251102/ukrainalik-harbiylar-53170227.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0e/39955780_490:0:3221:2048_1920x0_80_0_0_f6b54abe29f533ab205fd2f5b9d29f3a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya armiyasi, ukraina qurolli kuchlari, dimitrov, krasnoarmeysk, kupansk, qurshov halqasi, donbass qurshovi, mudofaa vazirligi, gerasimov, putin buyrug‘i, xorijiy yollanma askarlar
rossiya armiyasi, ukraina qurolli kuchlari, dimitrov, krasnoarmeysk, kupansk, qurshov halqasi, donbass qurshovi, mudofaa vazirligi, gerasimov, putin buyrug‘i, xorijiy yollanma askarlar
Ukraina QQni qurshovdan qutqarishga uringan chet el yollanma jangchilari hujumi bartaraf etildi
19:20 04.11.2025 (yangilandi: 07:54 05.11.2025) Rossiya qo‘shinlari Dimitrov, Krasnoarmeysk va Kupanskda Ukraina armiyasi qurshovini siqmoqda
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRning Grishino qishlog‘i yaqinida xorijiy yollanma askarlarning Ukraina Qurolli kuchlarining qurshovga tushgan guruhini ozod etishga qaratilgan uch urinishni bartaraf etdi, deb
xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ma’lumotga ko‘ra, Dimitrov hududida nazorat zonasi kengaytirilmoqda va qurshov halqasi siqilmoqda. Dimitrov va Krasnoarmeysk Donbassda Ukraina armiyasining muhim transport markazini tashkil etadi. Krasnoarmeysk Ukraina mudofaasining front bo‘ylab asosiy tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, Rossiya armiyasi Krasnoarmeyskning shimoliy va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishlarida qurshovdan chiqishga urinayotgan Ukraina kuchlarining o‘nta hujumini qaytardi. Xarkov viloyatidagi Kupanskda ham Rossiya qo‘shinlari qurshovni mustahkamlashda davom etmoqda.
26 oktabr kuni Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov prezident Putinga “Markaz” guruhi Krasnoarmeysk va Dimitrovdagi Ukraina qo‘shinlarini to‘liq qamal qilgani haqida ma’lumot berdi. Shu bilan bir vaqtda “G‘arb” guruhi ham Kupanskda besh mingga yaqin Ukraina harbiysini qurshovga olgani aytilmoqda. Rossiya tomoni Ukraina armiyasini taslim bo‘lishga chaqirmoqda.
Kupansk — Xarkovning sharqiy qismida joylashgan muhim mudofaa markazi bo‘lib, uning qo‘lga olinishi Oskol darosini kesib o‘tish va g‘arbga siljish imkonini beradi.
O‘tgan hafta Putin Mudofaa vazirligiga Krasnoarmeysk, Dimitrov va Kupanskdagi blokada qilingan hududlarga xorijiy ommaviy axborot vositalariga kirishni ta’minlash to‘g‘risida topshiriq berdi.