https://oz.sputniknews.uz/20251104/boysun-kon-yongin-reja-bajarilish-53216077.html
Zilzilaning aloqasi yo‘q — Energetika vazirligi “M-25” konidagi yong‘inga izoh berdi
Zilzilaning aloqasi yo‘q — Energetika vazirligi “M-25” konidagi yong‘inga izoh berdi
Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi Boysun tumanidagi konda gaz qudug‘ida yong‘in kelib chiqqan degan xabarlarni rad etdi. Ma’lumotga ko‘ra, yong‘in avvaldan rejalashtirilgan va xavfsizlik talablariga muvofiq amalga oshirilgan jarayon hisoblanadi
2025-11-04T11:15+0500
2025-11-04T11:15+0500
2025-11-04T11:49+0500
energetika vazirligi
surxondaryo
gaz
boysun tumani
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/04/53216428_0:161:768:593_1920x0_80_0_0_8e6645a2909a660b1a1bd6d444cb78fc.png
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Boysun tumanidagi gaz qudug‘ida yuz bergan yong‘in 3-noyabr kuni qayd etilgan zilzila bilan bog‘liq emas. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “M-25” koni hududidagi vaziyat haqida ma’lumot tarqalgan edi. Vazirlikka ko‘ra, 2-noyabr kuni ushbu konning 202-son gaz qudug‘ida avval yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nishi kuzatilgan. Mutaxassislar bu holatni kondagi tabiiy geologik jarayonlar natijasi sifatida izohlamoqda.Qayd etilishicha, hozirgi paytda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida. Bu holat kondagi oldindan rejalashtirilgan jilovlash ishlari doirasida sodir bo‘lgan bo‘lib, kutilmagan holat sifatida baholanmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250121/m-25-kon-gaz-xavfsiz-yoqish-energetika-vazirlik-47636176.html
surxondaryo
boysun tumani
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/04/53216428_0:176:768:752_1920x0_80_0_0_6a89eaf5eaf06e3e313c0340af8aa8d4.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
boysun gaz koni, m-25 koni, gaz qudug‘i yong‘in, energetika vazirligi xabari, tabiiy geologik jarayonlar, atrof-muhit xavfsizligi, gazni yoqish jarayoni, mutaxassislar nazorati, sanoat xavfsizligi standartlari, gaz chiqindilari oldini olish
boysun gaz koni, m-25 koni, gaz qudug‘i yong‘in, energetika vazirligi xabari, tabiiy geologik jarayonlar, atrof-muhit xavfsizligi, gazni yoqish jarayoni, mutaxassislar nazorati, sanoat xavfsizligi standartlari, gaz chiqindilari oldini olish
Zilzilaning aloqasi yo‘q — Energetika vazirligi “M-25” konidagi yong‘inga izoh berdi
11:15 04.11.2025 (yangilandi: 11:49 04.11.2025) Havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yoqib qo‘yilgan.
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Boysun tumanidagi gaz qudug‘ida yuz bergan yong‘in 3-noyabr kuni qayd etilgan zilzila bilan bog‘liq emas. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “M-25” koni hududidagi vaziyat haqida ma’lumot tarqalgan edi. Vazirlikka ko‘ra, 2-noyabr kuni ushbu konning 202-son gaz qudug‘ida avval yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nishi kuzatilgan. Mutaxassislar bu holatni kondagi tabiiy geologik jarayonlar natijasi sifatida izohlamoqda.
"Havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz yana tezkor ravishda yoqib qo‘yildi. Bu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda xalqaro sanoat xavfsizligi standartlariga to‘la javob beradi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, hozirgi paytda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida. Bu holat kondagi oldindan rejalashtirilgan jilovlash ishlari doirasida sodir bo‘lgan bo‘lib, kutilmagan holat sifatida baholanmaydi.