https://oz.sputniknews.uz/20251103/uzbekistan-china-talim-forum-53182196.html
O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi birinchi kunida 20dan ortiq hujjat imzolandi
O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi birinchi kunida 20dan ortiq hujjat imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumida 20 dan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi. Ikki mamlakat oliy ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirmoqda.
2025-11-03T10:10+0500
2025-11-03T10:10+0500
2025-11-03T10:10+0500
toshkent
hamkorlik
o‘zbekiston – 2030 strategiyasi
markaziy osiyo
oliy ta’lim muassasalari
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/03/53182017_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_9d39fae514f2909fc3d3ffa372d2c9a3.jpg
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Toshkent shahrida “Yangi avlod kadrlarini tayyorlash: ta’lim, fan va innovatsiyalar orqali O‘zbekiston va Xitoyning barqaror taraqqiyot sari hamkorligi” mavzusidagi O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi. Anjuman O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan.Forumda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, 160 dan ortiq mahalliy ta’lim muassasalari vakillari, Xitoy Ta’lim vazirligi boshchiligidagi 140 dan ziyoda oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek ish beruvchi korxonalar ishtirok etmoqda. Jami qatnashchilar soni 500 nafarga yaqin.Birinchi kun yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalari va Xitoyning yetakchi universitetlari o‘rtasida 20 dan ortiq hamkorlik hujjatlari rasmiylashtirildi.Tadbirda turli sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ular ta’limni raqamlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va talaba almashinuvini kengaytirish kabi masalalarga bag‘ishlandi.Forum ishtirokchilari uchun milliy raqslar, turli sport o‘yinlari va hududlarga oid urf-odatlar namoyish etildi. Shuningdek, ikki mamlakat vakillari do‘stlik ramzi sifatida universitet hududiga daraxt ko‘chatlari ekdilar.
https://oz.sputniknews.uz/20250919/tashkent-russia-talim-korgazma-52089971.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/03/53182017_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_058051b0f2ce9731b1ae55db30242a0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston–xitoy ta’lim forumi, toshkent, ta’lim hamkorligi, 20 dan ortiq hujjat, memorandum imzolandi, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, qo‘ng‘irotboy sharipov, huai jin peng, ta’lim integratsiyasi, bir makon bir yo‘l, xitoy delegatsiyasi, talaba almashinuvi, qo‘shma dasturlar
o‘zbekiston–xitoy ta’lim forumi, toshkent, ta’lim hamkorligi, 20 dan ortiq hujjat, memorandum imzolandi, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, qo‘ng‘irotboy sharipov, huai jin peng, ta’lim integratsiyasi, bir makon bir yo‘l, xitoy delegatsiyasi, talaba almashinuvi, qo‘shma dasturlar
O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi birinchi kunida 20dan ortiq hujjat imzolandi
Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi boshlandi. Forumda ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik rivoji muhokama qilindi, 20 dan ortiq qo‘shma hujjat imzolandi
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Toshkent shahrida “Yangi avlod kadrlarini tayyorlash: ta’lim, fan va innovatsiyalar orqali O‘zbekiston va Xitoyning barqaror taraqqiyot sari hamkorligi” mavzusidagi O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi o‘z
ishini boshladi.
Anjuman O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan.
Forumda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, 160 dan ortiq mahalliy ta’lim muassasalari vakillari, Xitoy Ta’lim vazirligi boshchiligidagi 140 dan ziyoda oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek ish beruvchi korxonalar ishtirok etmoqda. Jami qatnashchilar soni 500 nafarga yaqin.
Anjuman doirasida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi hamda Xitoy–Markaziy Osiyo ta’lim integratsiyasiga oid qator memorandum va bitimlar imzolandi.
Birinchi kun yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalari va Xitoyning yetakchi universitetlari o‘rtasida 20 dan ortiq hamkorlik hujjatlari rasmiylashtirildi.
Tadbirda turli sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ular ta’limni raqamlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va talaba almashinuvini kengaytirish kabi masalalarga bag‘ishlandi.
Forum ishtirokchilari uchun milliy raqslar, turli sport o‘yinlari va hududlarga oid urf-odatlar namoyish etildi. Shuningdek, ikki mamlakat vakillari do‘stlik ramzi sifatida universitet hududiga daraxt ko‘chatlari ekdilar.