https://oz.sputniknews.uz/20251103/mirziyoev-katar-jahon-sammit-53194357.html
Shavkat Mirziyoyev Qatardagi Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha Jahon sammitida ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev Qatardagi Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha Jahon sammitida ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qatardagi Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha Jahon sammitida ishtirok etib, qashshoqlikka qarshi global sa’y-harakatlar va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qiladi. Yakunida Doha deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
2025-11-03T12:10+0500
2025-11-03T12:10+0500
2025-11-03T12:10+0500
o‘zbekiston
qatar
sammit
shavkat mirziyoyev
prezident
deklaratsiya
tashrif
mehnat huquqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0a/52619458_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7b5a17846ecbb0b3263493c577324c93.jpg
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3–4 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Dohada bo‘ladi. Davlat rahbari Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Sammit doirasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi tafovutlarni bartaraf etish, Kopengagen deklaratsiyasiga sodiqlik va 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirish masalalari muhokama qilinadi.Sammit davlatlar, xalqaro tashkilotlar, BMT tizimi, ekspertlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi muloqot uchun muhim platforma hisoblanadi.Forumning asosiy maqsadi — qashshoqlikni kamaytirish, to‘liq bandlikka ko‘maklashish, munosib mehnat sharoiti yaratish va ijtimoiy integratsiyani kengaytirish.Tadbir yakunida ijtimoiy taraqqiyot sohasida xalqaro sheriklikni kuchaytirishga qaratilgan Doha deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250801/laziz-kudratov-qatar-investorlar-50988293.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0a/52619458_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f033b194e30d0c65e686a781d6245127.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, qatar sammiti, ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha jahon sammiti, doha deklaratsiyasi, barqaror rivojlanish maqsadlari, qashshoqlikka qarshi kurash, ijtimoiy adolat, prezident amaliy tashrifi, kopengagen deklaratsiyasi, global hamkorlik, katar, uzbekiston
shavkat mirziyoyev, qatar sammiti, ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha jahon sammiti, doha deklaratsiyasi, barqaror rivojlanish maqsadlari, qashshoqlikka qarshi kurash, ijtimoiy adolat, prezident amaliy tashrifi, kopengagen deklaratsiyasi, global hamkorlik, katar, uzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qatardagi Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha Jahon sammitida ishtirok etadi
Davlat rahbari ikki kunlik tashrif bilan Qatarga boradi.
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3–4 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Dohada bo‘ladi. Davlat rahbari Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar
berdi.
Sammit doirasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi tafovutlarni bartaraf etish, Kopengagen deklaratsiyasiga sodiqlik va 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Hamkorlikni mustahkamlash, milliy strategiyalarni takomillashtirish, ijtimoiy adolat va inklyuzivlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham muhokama markazida bo‘ladi.
Sammit davlatlar, xalqaro tashkilotlar, BMT tizimi, ekspertlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi muloqot uchun muhim platforma hisoblanadi.
Forumning asosiy maqsadi — qashshoqlikni kamaytirish, to‘liq bandlikka ko‘maklashish, munosib mehnat sharoiti yaratish va ijtimoiy integratsiyani kengaytirish.
Tadbir yakunida ijtimoiy taraqqiyot sohasida xalqaro sheriklikni kuchaytirishga qaratilgan Doha deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.