https://oz.sputniknews.uz/20251102/turkiya-ozbekistonliklar-elektron-mehnat-vizalari-53178424.html
Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin
Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Turk tomoni O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
2025-11-02T17:19+0500
2025-11-02T17:19+0500
2025-11-02T17:19+0500
migratsiya
migrantlar
turkiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0d/45642298_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7b0599f7cd838807cd7782c17f0fddc9.jpg
TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Turkiya Ichki ishlar vazirligi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilingan.Uchrashuvda Turkiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mehmet Oqtosh ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida, ayniqsa ichki ishlar sohasida, yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Turk tomoni O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga xizmat safari doirasida Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Turkiya ijtimoiy himoya sohasida hukumatlararo bitim tuzish istiqbollarini muhokama qildi. Muloqot davomida Turkiya mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri o‘rinbosari Faruk O‘zchilik turk tomoni migratsiya sohasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishga hamda uning tashkiliy mexanizmlarini rivojlantirishga tayyorligini aytdi.Shuningdek, Turkiyada uy xizmatchilari sifatida faoliyat yuritayotgan, biroq noqonuniy holatda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari maqomini legallashtirishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.Uchrashuvda qurilish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklarni legallashtirish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratilgan.Turkiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa tomonlar siyosiy aloqalarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy sohada, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamda mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, muntazam maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251021/rossiya-eoii-haydovchilar-52872773.html
turkiya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0d/45642298_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6b376905ce2f06f0cf2ec4d8642436b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkiya o‘zbekistonliklar elektron mehnat vizalari
turkiya o‘zbekistonliklar elektron mehnat vizalari
Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin
O‘zbekiston va Turkiya mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
“Dunyo” axborot agentligining
xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Turkiya Ichki ishlar vazirligi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilingan.
Uchrashuvda Turkiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mehmet Oqtosh ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida, ayniqsa ichki ishlar sohasida, yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Turk tomoni O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga xizmat safari doirasida Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Turkiya ijtimoiy himoya sohasida hukumatlararo bitim tuzish istiqbollarini muhokama qildi. Muloqot davomida Turkiya mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri o‘rinbosari Faruk O‘zchilik turk tomoni migratsiya sohasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishga hamda uning tashkiliy mexanizmlarini rivojlantirishga tayyorligini aytdi.
Shuningdek, Turkiyada uy xizmatchilari sifatida faoliyat yuritayotgan, biroq noqonuniy holatda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari maqomini legallashtirishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda qurilish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklarni legallashtirish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa tomonlar siyosiy aloqalarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy sohada, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamda mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, muntazam maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishdi.