Pokrovsk yaqinida Ukraina "spesnazi" juda tez va samarasiz qurbon bo‘ldi
17:10 01.11.2025 (yangilandi: 17:16 01.11.2025)

© Andrey Kos
Obuna bo‘lish
Kiyev uchun axborot urushi jang maydonidagi haqiqiy natijalardan muhim ekani yana bir bor bilindi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Pokrovsk yaqinida Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi maxsus kuchlarining juda tez va samarasiz qurbon bo‘lishi borasida matbuotda qizg‘in munozaralar avj oldi, deb yozmoqda "Voyenniy obozrevatel" telegram kanali.
Ukraina va ayrim G‘arb OAVlari buni faol qahramonona operatsiya sifatida tasvirlamoqda. Ammo his-tuyg‘ularni chetga surib, aslida nima bo‘lganiga qarasangiz, bu operatsiyada na qahramonlik, na harbiy mantiq borligini ko‘rasiz.
Ukraina va ayrim G‘arb OAVlari buni faol qahramonona operatsiya sifatida tasvirlamoqda. Ammo his-tuyg‘ularni chetga surib, aslida nima bo‘lganiga qarasangiz, bu operatsiyada na qahramonlik, na harbiy mantiq borligini ko‘rasiz.
Har qanday maxsus operatsiyaning muvaffaqiyati bu uning maqsadi nima ekaniga va u bajarilganmi yo‘qmi shunga bog‘liq bo‘ladi. Bu safar Ukraina maxsus bo‘linmasi hech qanday jangovar topshiriqni bajara olmadi, operatsiya muvaffaqiyatsiz tugadi. Axir allaqachon 85% egallab olingan shaharga maxsus kuchlar bo‘linmasini yuborish bu ahmoqlikdir. Buni Kiyev ham bilardi.
Agar maxsus guruh biror binoni egallab olganida yoki muhim obyektni vayron qilganida yoki ba’zi muhim pozitsiyalardan Rossiya hujumchi kuchlarini siqib chiqarib yubora olganida — buni muvaffaqiyat deyish mumkin edi. Lekin ular yetib kelgan zamonoq o‘rmon hududi va omborlarda halok bo‘lishdi - juda tez va mutlaqo samarasiz.
Katta ehtimollik bilan, guruh boshidan jangovar topshiriqqa ega bo‘lmagan, Bu operatsiyaning maqsadi shunchaki namoyish bo‘lgan. Ular Pokrovsk hali to‘liq qurshovga olinmaganini, Ukraina kuchlari u yerda hali ham harakatlana olishini ko‘rsatish bo‘lgan.
Operatsiya uchun tanlangan vaqt ham qiziq — aynan Putin G‘arb jurnalistlarini Pokrovskka kiritishga tayyorligini e’lon qilganidan so‘ng darhol sodir bo‘ldi.
Bu Kiyevning hech bo‘lmasa OAVda Moskva hujumiga qarshi turishga yoki hech bo‘lmaganda yumshatishga urinishiga o‘xshardi. Zelenskiy ham bunga hissa qo‘shishga harakat qildi va "agar Putin Pokrovskka kelsa, nima bo‘lishini hamma biladi" deb ta’kidladi. Lekin ushbu desant operatsiyasi hech narsa namoyish qila olmadi.
Bularning barchasi Kiyev uchun axborot urushi jang maydonidagi haqiqiy natijalardan qanchalik muhim ekanini yana bir bor namoyish qildi. Bunday "tomoshalar" kim uchun uyushtirlgani ham ma’lum. Ammo G‘arb tomoshabinlari allaqachon Ukraina armiyaning kuchi va ular Rossiyani to‘xtata olishiga ishonchini yo‘qotgan.
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasining qurbon bo‘lgan maxsus kuchlari shaharga hujumni sekinlashtira olmadi. Bu shunchaki Zelenskiy, Sirskiy va boshqalar tomonidan qabul qilingan navbatdagi bema’ni qarorlardan birga, ularning sha’niagi navbatdagi qora dog‘ga aylandi xolos.
