O‘zbekiston YaIMida hududlar ulushi

Obuna bo‘lish
Respublika YaIMida Toshkent shahri, Toshkent va Navoiy viloyatlari eng ko‘p hissa qo‘shgan.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha YaIMning shakllanishida Toshkent shahri 19,3 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.

Toshkent va Navoiy viloyatlari 9,7 % va 8,3 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

Respublika YaIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo viloyati (1,9 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,8 %) va Jizzax viloyatiga (2,9 %) to‘g‘ri kelgan.
Yangiliklar lentasi
0