https://oz.sputniknews.uz/20251101/belarus--yuneskoning-siyosiylashishiga-qarshi-53159322.html
Belarus — YuNESKOning siyosiylashishiga qarshi
Belarus — YuNESKOning siyosiylashishiga qarshi
Sputnik O‘zbekiston
YuNESKO — siyosiy nizolar va mamlakatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar uchun platformaga aylanmasligi kerak. 01.11.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-11-01T15:29+0500
2025-11-01T15:29+0500
2025-11-01T15:29+0500
belarus
ikkinchi jahon urushi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/01/53159435_0:79:960:619_1920x0_80_0_0_10a18cf890fdd8901c68aa4219638dd4.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Belarus YuNESKO ishini siyosiylashtirishga qarshi. Bu haqda Belarus delegatsiyasi rahbari Yuriy Ambrazevich Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Shuningdek, u qator G‘arb mamlakatlari tomonidan YuNESKO standartlariga zid ravishda, Belarus jurnalistlariga nisbatan kamsitish, Belarus fuqarolarining harakat erkinligini cheklash kabi choralar qo‘llanilayotganini aytib o‘tdi. Shuningdek, Belarus vakili Ikkinchi Jahon urushi natijalarini siyosiy manfaatlar yo‘lida buzib ko‘rsatishni — qabul qilish mumkin emasligini e’lon qildi va YuNESKOni Ikkinchi Jahon urushi haqidagi tarixiy haqiqatni saqlashga chaqirdiU Sovet Ittifoqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hal qiluvchi hissasini, SSSR xalqlarining qurbonliklarini unutib bo‘lmasligini ta’kidladi.
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/01/53159435_0:0:960:720_1920x0_80_0_0_84c37b0ce3f60f3dc973392947233e10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
belarus, ikkinchi jahon urushi
belarus, ikkinchi jahon urushi
Belarus — YuNESKOning siyosiylashishiga qarshi
YuNESKO — siyosiy nizolar va mamlakatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar uchun platformaga aylanmasligi kerak.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Belarus YuNESKO ishini siyosiylashtirishga qarshi. Bu haqda Belarus delegatsiyasi rahbari Yuriy Ambrazevich Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"Biz YuNESKO ishini siyosiylashtirishga va ushbu minbardan hisob-kitoblarni amalga oshirishga qarshimiz. Shu bilan birga, biz har qanday kelishmovchiliklarni ikki tomonlama teng sharoitlarda muhokama qilishga tayyormiz", deb ta’kidladi Yuriy Ambrazevich.
Shuningdek, u qator G‘arb mamlakatlari tomonidan YuNESKO standartlariga zid ravishda, Belarus jurnalistlariga nisbatan kamsitish, Belarus fuqarolarining harakat erkinligini cheklash kabi choralar qo‘llanilayotganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Belarus vakili Ikkinchi Jahon urushi natijalarini siyosiy manfaatlar yo‘lida buzib ko‘rsatishni — qabul qilish mumkin emasligini e’lon qildi va YuNESKOni Ikkinchi Jahon urushi haqidagi tarixiy haqiqatni saqlashga chaqirdi
"Belarus Respublikasi Ikkinchi Jahon urushi haqidagi tarixiy haqiqatni saqlash va tarqatish, shuningdek, ozod qiluvchilar va qurbonlar uchun dafn etilgan joylar va yodgorliklarning daxlsizligini ta’minlash YuNESKO ishining doimiy diqqat markazida bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi", deb ta’kidladi Ambrazevich.
U Sovet Ittifoqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hal qiluvchi hissasini, SSSR xalqlarining qurbonliklarini unutib bo‘lmasligini ta’kidladi.