Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Miroshnik: Ukraina halok bo‘lgan askarlarining jasadlarini olib ketishni istamayapti

© Foto : MID RossiiRodion Miroshnik. Arxivnoe foto
Rodion Miroshnik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya elchisi Rodion Miroshnik Ukraina frontidagi vaziyat va Kiyevning asirlar hamda halok bo‘lgan harbiylarga munosabati haqida fikr bildirdi.
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Kiyev rejimi jinoyatlari bo‘yicha maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik RIA Novostiga bergan intervyusida frontoldi vaziyat, asirlar va halok bo‘lgan harbiylarga munosabat haqida so‘z yuritdi.
Miroshnikning so‘zlariga ko‘ra, frontga yaqin hududlarda aholi doimiy dron hujumlari sabab "daraxtdan daraxtga harakatlanishni o‘rgangan".
Diplomatning ta’kidlashicha, Ukraina asirlar almashinuvida faqat radikal guruh a’zolarini qaytarishga harakat qilmoqda, oddiy harbiy xizmatchilar esa e’tibordan chetda qolmoqda.
Shu bilan birga, Rossiya Kursk viloyatining 13 nafar fuqarosini qaytarish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar orqali muzokaralar olib bormoqda. Ukraina esa ularni bosim va manipulyatsiya vositasi sifatida ushlab turibdi.
Miroshnikning ma’lum qilishicha, Moskva halok bo‘lgan ukrain harbiylarining jasadlarini topshirishga tayyor, ammo Kiyev bu borada hech qanday tashabbus ko‘rsatmayapti.
“Murdani olish istagi — faqat so‘zda. Kiyev rasmiylari uchun askarlar — qurbon qilinadigan odamlar”, — dedi Miroshnik.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina rahbariyati haqiqiy yo‘qotishlarni yashirish va halok bo‘lganlarning oilalariga to‘lovlarni kamaytirish orqali “yengilmaslik” imijini saqlab qolishga intilmoqda.
“Elitalar frontga oddiy odamlarni yuboradi, lekin o‘z farzandlarini emas”, — dedi diplomat.
Miroshnik topshirilgan jasadlar “dengizdan tomchi” ekanini qayd etib, gumanitar masalalarni hal qilishda xalqaro tashkilotlar faolroq ishtirok etishiga umid bildirdi.
Trenirovka podrazdeleniya spesnaza gruppirovki Sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya UQK qurshovga olingan hududlarda janglarni 5-6 soatga to‘xtatib turishga tayyor
Yangiliklar lentasi
0