https://oz.sputniknews.uz/20251030/uzbekistan-slovakia-hamkorlik-53099162.html
O‘zbekiston va Slovakiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi
O‘zbekiston va Slovakiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini muzokara o‘tkazdilar. Suhbatda savdo, investitsiya, raqamlashtirish va ta’limda hamkorlikni kengaytirish, mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
2025-10-30T14:45+0500
2025-10-30T14:45+0500
2025-10-30T14:45+0500
shavkat mirziyoyev
hamkorlik
raqamli texnologiyalar
kiberxavfsizlik
ta’lim
migratsiya
to‘qimachilik
meva-sabzavot
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53098819_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_89886b67ae0593153cb0382ce94c51fa.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Samarqand shahrida YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Tomonlar tovar ayirboshlash va investitsiya hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. O‘zbekistondan to‘qimachilik, charm, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar, Slovakiyadan esa kauchuk, avtomobil butlovchi qismlar va farmatsevtika tovarlarini yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib olindi. Raqamlashtirish sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Bank kiberxavfsizligi va yuk tashishlarni kuzatish bo‘yicha qo‘shma monitoring markazi tashkil etish taklif qilindi.Slovakiya biznesi bilan avtomobil qismlari, sut mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi. Shuningdek, gumanitar va ta’lim almashinuvini rivojlantirish, 2026-yilda Bratislavada ikki mamlakat rektorlari forumini o‘tkazish, turizm ko‘rgazmalari va “O‘zbekiston—Slovakiya turizm kunlari”ni tashkil etish taklif etildi.Tomonlar mehnat migratsiyasini tartibli yo‘lga qo‘yish masalasini ham muhokama qildilar.
https://oz.sputniknews.uz/20251024/mirziyoev-tashrif-brussel--52940134.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53098819_29:0:1166:853_1920x0_80_0_0_1f87cdf2b6e49679e138fa1c39d80bd5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev peter pellegrini o‘zbekiston slovakiya, samarqand yunesko investitsiyalar savdo sanoat kooperatsiyasi raqamlashtirish turizm ta’lim mehnat migratsiyasi biznes hamkorlik uzbekiston samarkand
shavkat mirziyoyev peter pellegrini o‘zbekiston slovakiya, samarqand yunesko investitsiyalar savdo sanoat kooperatsiyasi raqamlashtirish turizm ta’lim mehnat migratsiyasi biznes hamkorlik uzbekiston samarkand
O‘zbekiston va Slovakiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi
Uchrashuvda savdo va sanoat hamkorligini rivojlantirish, raqamlashtirish va ta’lim sohalarida aloqalarni kengaytirish, shuningdek, mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Samarqand shahrida YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Tomonlar tovar ayirboshlash va investitsiya hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. O‘zbekistondan to‘qimachilik, charm, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar, Slovakiyadan esa kauchuk, avtomobil butlovchi qismlar va farmatsevtika tovarlarini yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib olindi.
Shu maqsadda milliy mahsulotlar ko‘rgazmalari va savdo uylarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Raqamlashtirish sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Bank kiberxavfsizligi va yuk tashishlarni kuzatish bo‘yicha qo‘shma monitoring markazi tashkil etish taklif qilindi.
Slovakiya biznesi bilan avtomobil qismlari, sut mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi. Shuningdek, gumanitar va ta’lim almashinuvini rivojlantirish, 2026-yilda Bratislavada ikki mamlakat rektorlari forumini o‘tkazish, turizm ko‘rgazmalari va “O‘zbekiston—Slovakiya turizm kunlari”ni tashkil etish taklif etildi.
Tomonlar mehnat migratsiyasini tartibli yo‘lga qo‘yish masalasini ham muhokama qildilar.