"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi: uch rassom, uch yo‘nalish — foto

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Har bir hududning so‘zanalari o‘ziga xos uslub va ramzlarga ega.Ko‘rgazma uch nafar ijodkor ayolning asarlarini birlashtiradi.
Navro‘z bog‘ida "So‘zana tushda va hayotda" nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazma tomoshabinni o‘zbek xalqining benazir badiiy dunyosiga, har bir ipida tarix, ma’no va hissiyot jamlangan san’at olamiga chorlaydi.

So‘zana — yurakdan chiqqan til

So‘zana bu oddiy bezak emas. U — ayollarning asrlar davomidagi his-tuyg‘ulari, orzulari va oriyatlarini ifoda etgan nafosat tili. Har bir hududning so‘zanalari o‘ziga xos uslub va ramzlarga ega: kimdir katta geometrik shakllar orqali fikrini aytsa, boshqalar nozik gul naqshlari bilan hissiyotni ifoda etadi.
Ranglar, chiziqlar va kompozitsiyalar orqali baxt, muhofaza, farovonlik va muhabbat haqidagi orzular ifodalangan. Shu bois so‘zana — nafaqat bezak, balki ona va qizlar qalbidan chiqqan muqaddas timsoli.

Uch rassom — bitta ilhom

Ko‘rgazma uch nafar ijodkor ayolning asarlarini birlashtiradi. Ularini nafaqat ijodiy yo‘nalish, balki talabalik yillaridan boshlangan samimiy do‘stlik ham bog‘laydi:
Feruza Aliyeva — ipakdagi naqsh,
Lola Novkovich — grafika,
Natalya Yalisheva — chinni bezagi.
Ularning ijodiy hamkorligi — bu an’ana va zamonaviy tafakkurning muloqoti. Rassomlar so‘zana motivlarini yangi shakllarda namoyon etadilar: go‘zal asarlar, aksessuarlar, choy servislari, zeb-ziynatlar va interyer buyumlarida.

"Men uchun so‘zana — bu shunchaki naqsh emas. Uning chiziqlarida men vaqt nafasini va avlodlar ovozini his qilaman. Har bir tikish go‘yo tarixni, qo‘llar issiqligini va orzular kuchini saqlab turadi. Mato ustidagi gullar va quyoshlar men uchun nur va hayot ramzi, ichki olamni beqiyos osmon bilan bog‘lovchi tumorlardir. So‘zanani o‘z ishlarimga qo‘shganimda, men o‘tmish va hozirni birlashtirayotgandek bo‘laman. Ornamentlar madaniyat bilan shaxsiy qarashim o‘rtasida ko‘prikka aylanadi. Shu shakllarda men ilhom, hamohanglik va go‘zallikning abadiy yashashiga ishonch topaman. Go‘zallik shundaki, u biz uni ko‘rayotgan va avloddan avlodga yetkazayotgan ekanmiz, u doimo yashaydi", — deydi rassom Lola Novkovich Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.

An’anadan ilhomlangan zamonaviy san’at

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi — bu nafaqat ekspozitsiya, balki madaniy sayohat. Bu yerda o‘tmish va bugun uchrashadi, milliy meros zamonaviy uslubda qayta jonlanadi.
Ko‘rgazmada quyidagilar taqdim etiladi:
so‘zana asosida yaratilgan rasmlar va to‘qima pannolar,
kolleksion choy servizlari,
mualliflik zeb-ziynatlar va aksessuarlar,
interyer buyumlari: shamlar, oyna va yoritkichlar, mebellar.
Bu ko‘rgazmada so‘zana ayol qalbining ramzi va milliy ruhning ifodasi sifatida yangi hayot kasb etadi.
Sputnik fototasmasida "So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi fototo‘plamini tomosha qiling.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Feruza Aliyeva — har bir bo‘yoq zarbasi bilan matoga nur, harakat va hamohanglik hissini bag‘ishlaydigan hayratomuz ipak naqshlarini yaratadigan rassom.

Feruza Aliyeva — har bir bo‘yoq zarbasi bilan matoga nur, harakat va hamohanglik hissini bag‘ishlaydigan hayratomuz ipak naqshlarini yaratadigan rassom. - Sputnik O‘zbekiston
1/17

Feruza Aliyeva — har bir bo‘yoq zarbasi bilan matoga nur, harakat va hamohanglik hissini bag‘ishlaydigan hayratomuz ipak naqshlarini yaratadigan rassom.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi.

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi. - Sputnik O‘zbekiston
2/17

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Feruza asarlarining har biri — nur, rang va harakat uyg‘unligi. Uning ijodida mato ilhom nafasiga aylanib, jonlanadi.

Feruza asarlarining har biri — nur, rang va harakat uyg‘unligi. Uning ijodida mato ilhom nafasiga aylanib, jonlanadi. - Sputnik O‘zbekiston
3/17

Feruza asarlarining har biri — nur, rang va harakat uyg‘unligi. Uning ijodida mato ilhom nafasiga aylanib, jonlanadi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Feruza Aliyevaning ipakdagi naqshlari.

Feruza Aliyevaning ipakdagi naqshlari. - Sputnik O‘zbekiston
4/17

Feruza Aliyevaning ipakdagi naqshlari.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Uch rassomni nafaqat qo‘shma loyihalar, balki talabalik yillarida boshlangan ko‘p yillik do‘stlik ham birlashtiradi.

Uch rassomni nafaqat qo‘shma loyihalar, balki talabalik yillarida boshlangan ko‘p yillik do‘stlik ham birlashtiradi. - Sputnik O‘zbekiston
5/17

Uch rassomni nafaqat qo‘shma loyihalar, balki talabalik yillarida boshlangan ko‘p yillik do‘stlik ham birlashtiradi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Lola Novkovich ijodi — milliy ornament va shaxsiy badiiy tafakkur uyg‘unligidir.

Lola Novkovich ijodi — milliy ornament va shaxsiy badiiy tafakkur uyg‘unligidir. - Sputnik O‘zbekiston
6/17

Lola Novkovich ijodi — milliy ornament va shaxsiy badiiy tafakkur uyg‘unligidir.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Lola Novkovichdan — chiziqlar va tuyg‘ulardagi so‘zana.

Lola Novkovichdan — chiziqlar va tuyg‘ulardagi so‘zana. - Sputnik O‘zbekiston
7/17

Lola Novkovichdan — chiziqlar va tuyg‘ulardagi so‘zana.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Lola Novkovichdan — grafikadagi so‘zana

Lola Novkovichdan — grafikadagi so‘zana - Sputnik O‘zbekiston
8/17

Lola Novkovichdan — grafikadagi so‘zana

© Sputnik / Baxrom Xatamov

So‘zanadan ilhomlangan grafika.

So‘zanadan ilhomlangan grafika. - Sputnik O‘zbekiston
9/17

So‘zanadan ilhomlangan grafika.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Lola Novkovich ijodi — bu ramzlar olamiga sayohat, u yerda ornamentlar chiziq va nur poeziyasiga aylanadi.

Lola Novkovich ijodi — bu ramzlar olamiga sayohat, u yerda ornamentlar chiziq va nur poeziyasiga aylanadi. - Sputnik O‘zbekiston
10/17

Lola Novkovich ijodi — bu ramzlar olamiga sayohat, u yerda ornamentlar chiziq va nur poeziyasiga aylanadi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Uch rassomning fotosuratlari.

Uch rassomning fotosuratlari. - Sputnik O‘zbekiston
11/17

Uch rassomning fotosuratlari.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Natalya Yalishevaning asarlarida esa har bir chinni buyumiga o‘ziga xoslik bag‘ishlanib, haqiqiy san’at asariga aylanadi.

Natalya Yalishevaning asarlarida esa har bir chinni buyumiga o‘ziga xoslik bag‘ishlanib, haqiqiy san’at asariga aylanadi. - Sputnik O‘zbekiston
12/17

Natalya Yalishevaning asarlarida esa har bir chinni buyumiga o‘ziga xoslik bag‘ishlanib, haqiqiy san’at asariga aylanadi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Natalya Yalisheva: chinni bezak san’ati.

Natalya Yalisheva: chinni bezak san’ati. - Sputnik O‘zbekiston
13/17

Natalya Yalisheva: chinni bezak san’ati.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi.

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi. - Sputnik O‘zbekiston
14/17

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Natalya Yalisheva mahorat va ilhomni har bir jihatda namoyon etadi.

Natalya Yalisheva mahorat va ilhomni har bir jihatda namoyon etadi. - Sputnik O‘zbekiston
15/17

Natalya Yalisheva mahorat va ilhomni har bir jihatda namoyon etadi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi.

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi. - Sputnik O‘zbekiston
16/17

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi.

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi. - Sputnik O‘zbekiston
17/17

"So‘zana tushda va hayotda" ko‘rgazmasi.

Yangiliklar lentasi
0