Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

© press-slujba MIDBaxtiyor Saidov provel vstrechu s ministrom inostrannix del Azerbaydjana Djeyxunom Bayramovim
Baxtiyor Saidov provel vstrechu s ministrom inostrannix del Azerbaydjana Djeyxunom Bayramovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
Obuna bo‘lish
Tomonlar savdo, transport va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarini birlashtiruvchi umumiy tarix, til va qadriyatlarga asoslangan do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch rishtalari izchil mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.
Tomonlar savdo, transport, energetika, ta’lim va madaniy almashinuv sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga kelishib olindi.
Glavi MID Uzbekistana i Gruzii proveli vstrechu v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2025
O‘zbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0