https://oz.sputniknews.uz/20251030/mirziyoev-ziyorat-53095474.html
Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Davlat rahbari majmuadagi yangilanishlar, masjid va muzey qurilishi bilan tanishdi
2025-10-30T13:24+0500
2025-10-30T13:24+0500
2025-10-30T13:24+0500
shavkat mirziyoyev
imom buxoriy
samarqand
yunesko
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53094781_0:77:1280:797_1920x0_80_0_0_5ff3bf7f356157dfa37ba7c37cd1ed2e.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Prezident majmuadagi so‘nggi pardozlash ishlari, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.Majmua hududi kengaytirilib, ayni paytda uning umumiy maydoni 44 gektarga yetdi. Mo‘’tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurib bitkazilgan. Ziyoratgohning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan.Davlat rahbari mamjua faoliyatini sifatli tashkil etish, odamlarga qulayliklarni kengaytirish, yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.Ezgu niyatlar bilan majmua hududiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250825/samarqand-imom-buxoriy-51498130.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53094781_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_5e82fe48dd279d82f69371d3df624883.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, prezident, samarqand, yunesko, imom buxoriy, ziyoratgoh, majmua, masjid, minora, mehmonxona, samarqand shahar, daraxt ekish, obodonlashtirish, buxoriy maqbarasi
shavkat mirziyoyev, prezident, samarqand, yunesko, imom buxoriy, ziyoratgoh, majmua, masjid, minora, mehmonxona, samarqand shahar, daraxt ekish, obodonlashtirish, buxoriy maqbarasi
Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Prezident YuNESKO konferensiyasi oldidan Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohini ziyorat qildi va majmuadagi yangilanishlar bilan tanishdi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Prezident majmuadagi so‘nggi pardozlash ishlari, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.
Majmua hududi kengaytirilib, ayni paytda uning umumiy maydoni 44 gektarga yetdi. Mo‘’tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurib bitkazilgan. Ziyoratgohning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan.
Ziyoratgoh atrofida bitta to‘rt yulduzli, ikkita uch yulduzli va 22 ta oilaviy uy mehmonxonalari tashkil etildi.
Davlat rahbari mamjua faoliyatini sifatli tashkil etish, odamlarga qulayliklarni kengaytirish, yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ezgu niyatlar bilan majmua hududiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.