https://oz.sputniknews.uz/20251030/mirziyoev-unesco-konferentsiya-tashabbuslar-53103720.html
Shavkat Mirziyoyev YuNESKO Bosh konferensiyasida qanday tashabbuslarni ilgari surdi?
Shavkat Mirziyoyev YuNESKO Bosh konferensiyasida qanday tashabbuslarni ilgari surdi?
Sputnik O‘zbekiston
Prezident ta’lim, madaniy meros, gender tenglik va ekologiya sohalarida tashabbuslarni ilgari surdi. Sun’iy intellekt maktabi, “Jahon xotirasi”, “Xotin-qizlar yetakchiligi akademiyasi” va “Ekologik poytaxt” tashabbuslarini taklif etdi.
2025-10-30T17:04+0500
2025-10-30T17:04+0500
2025-10-30T17:38+0500
samarqand
jamiyat
yunesko
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53108809_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_214fff2bda5f4d383b6a54a07a965993.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilishida prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim, madaniy merosni asrash, gender tenglik va ekologiya sohalarida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Davlat rahbari o‘z nutqida, hususan, quyidagilarga alohida e’tibor qaratdi:Inklyuziv ta’lim va kasbiy tayyorgarlikPrezident alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha YuNESKOning yangi platformasini joriy etish va kasbiy ta’lim sohasida Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif qildi.Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalariO‘zbekiston YuNESKO ishtirokida “Sun’iy intellekt maktabi” tajriba loyihasini amalga oshirishga tayyor. Shuningdek, barcha qit’alar universitetlari va ilmiy markazlari ishtirokida sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish taklif etildi.Nomoddiy madaniy meros va “Jahon xotirasi” dasturiDavlat rahbari 19-noyabrni Xalqaro hujjatli meros kuni sifatida belgilash va YuNESKO tuzilmasida raqamli meros bo‘yicha xalqaro institut tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, 2027-yilda Buxoroda hunarmandchilik bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazish taklifi bildirildi.Ayollar yetakchiligini rivojlantirish va gender tenglikPrezident ayollarning yetakchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan global dasturni ishga tushirish tashabbusini ilgari surdi. Prezident YuNESKO shafeligida Xotin-qizlar yetakchiligi akademiyasini tashkil etish va ayollar yetakchiligi bo‘yicha tajriba almashish uchun global platformani yaratishni taklif qildi. Bundan tashqari, prezident Samarqandda ta’lim, fan va madaniyat sohalarida faol bo‘lgan ayollar global forumini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. Forum dunyoning turli qit’alaridan ilmiy xodimlar, pedagoglar, san’atkorlar va ixtirochilarni birlashtirishi ko‘zda tutilgan.Iqlim o‘zgarishi va “Ekologik poytaxt” tashabbusiDavlat rahbari iqlim inqiroziga qarshi birgalikda kurashish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan prezident YuNESKOning “Ekologik poytaxt” global tashabbusini ilgari surdi. Ushbu tashabbus doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat sohasida yuqori natijalarga erishgan shaharlar alohida e’tirof etiladi va rag‘batlantiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251009/markaziy-osiyo-rossiya-sammit-mirziyoev-52586725.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53108809_70:0:1207:853_1920x0_80_0_0_5ede645e5f04384724a6c48535fbd569.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, yunesko, samarqand, 43-sessiya, ta’lim, inklyuziv ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, sun’iy intellekt, madaniy meros, jahon xotirasi, gender tenglik, ayollar yetakchiligi, ekologik poytaxt, global tashabbuslar, yunesko konferensiyasi, samarkand, uzbekiston
shavkat mirziyoyev, yunesko, samarqand, 43-sessiya, ta’lim, inklyuziv ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, sun’iy intellekt, madaniy meros, jahon xotirasi, gender tenglik, ayollar yetakchiligi, ekologik poytaxt, global tashabbuslar, yunesko konferensiyasi, samarkand, uzbekiston
Shavkat Mirziyoyev YuNESKO Bosh konferensiyasida qanday tashabbuslarni ilgari surdi?
17:04 30.10.2025 (yangilandi: 17:38 30.10.2025) Prezident Mirziyoyev YuNESKO konferensiyasida ta’lim, madaniy meros, gender tenglik va ekologiya sohalari bo‘yicha xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilishida prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim, madaniy merosni asrash, gender tenglik va ekologiya sohalarida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi, deb xabar qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Davlat rahbari o‘z nutqida, hususan, quyidagilarga alohida e’tibor qaratdi:
Inklyuziv ta’lim va kasbiy tayyorgarlik
Prezident alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha YuNESKOning yangi platformasini joriy etish va kasbiy ta’lim sohasida Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif qildi.
Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari
O‘zbekiston YuNESKO ishtirokida “Sun’iy intellekt maktabi” tajriba loyihasini amalga oshirishga tayyor. Shuningdek, barcha qit’alar universitetlari va ilmiy markazlari ishtirokida sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish taklif etildi.
Nomoddiy madaniy meros va “Jahon xotirasi” dasturi
Davlat rahbari 19-noyabrni Xalqaro hujjatli meros kuni sifatida belgilash va YuNESKO tuzilmasida raqamli meros bo‘yicha xalqaro institut tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, 2027-yilda Buxoroda hunarmandchilik bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazish taklifi bildirildi.
Ayollar yetakchiligini rivojlantirish va gender tenglik
Prezident ayollarning yetakchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan global dasturni ishga tushirish tashabbusini ilgari surdi.
Prezident YuNESKO shafeligida Xotin-qizlar yetakchiligi akademiyasini tashkil etish va ayollar yetakchiligi bo‘yicha tajriba almashish uchun global platformani yaratishni taklif qildi. Bundan tashqari, prezident Samarqandda ta’lim, fan va madaniyat sohalarida faol bo‘lgan ayollar global forumini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. Forum dunyoning turli qit’alaridan ilmiy xodimlar, pedagoglar, san’atkorlar va ixtirochilarni birlashtirishi ko‘zda tutilgan.
Iqlim o‘zgarishi va “Ekologik poytaxt” tashabbusi
Davlat rahbari iqlim inqiroziga qarshi birgalikda kurashish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan prezident YuNESKOning “Ekologik poytaxt” global tashabbusini ilgari surdi. Ushbu tashabbus doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat sohasida yuqori natijalarga erishgan shaharlar alohida e’tirof etiladi va rag‘batlantiriladi.