Saudiya Arabistoni bilan kabel ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochiladi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliUzbekistan i Saudovskaya Araviya zapuskayut sovmestniy promishlenniy proyekt stoimostyu 122 mln dollarov
Uzbekistan i Saudovskaya Araviya zapuskayut sovmestniy promishlenniy proyekt stoimostyu 122 mln dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2025
Obuna bo‘lish
Ikki davlat orasida 20 dan ortiq investitsiya loyihalarini o‘z ichiga olgan amaliy reja ham tasdiqlandi.
TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida 122 mln dollarlik qo‘shma loyiha bo‘yicha bitim imzolandi.

Riyadh Cables Group bilan Toshkent shahrida yuqori voltli kabel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyiha amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Loyiha qiymati 122 million AQSh dollarini tashkil etib, yiliga 24 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi hamda 340 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, energetika, suv ta’minoti, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalarini qamrab oluvchi 20 dan ortiq qo‘shma loyihalarni o‘z ichiga olgan Amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih hamda qirollikning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan sanoat, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Turakurganskaya TES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2025
Saudiya kompaniyasi Samarqandda gaz-porshenli IES quradi
Yangiliklar lentasi
0