https://oz.sputniknews.uz/20251029/russia-uzbekistan-loyihalar-investitsiyalar-53064785.html
Rossiya—O‘zbekiston: biznes sheriklikni kengaytirish va rivojlantirish yo‘llari
Rossiya—O‘zbekiston: biznes sheriklikni kengaytirish va rivojlantirish yo‘llari
Sputnik O‘zbekiston
Moskva–Toshkent videoko‘prigida Rossiya–O‘zbekiston hududiy kengashi yakunlari muhokama qilindi. Hamkorlik 50%ga oshdi, 6 mlrd dollarlik qo‘shma loyihalarga kelishildi.
2025-10-29T12:45+0500
2025-10-29T12:45+0500
2025-10-29T12:57+0500
rossiya
o‘zbekiston
video
moskva
toshkent
biznes
hamkorlik
investitsiya
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1d/53059959_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_77879c16e07b7aeafc325e6f1c5d2094.jpg
TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida "Rossiya — O‘zbekiston: biznes sheriklikni kengaytirish va rivojlantirish yo‘llari" mavzusida Moskva — Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Aleksey Mixaylov Toshkent va Jizzax viloyatlarida issiqxona majmualarini qurish, Buxoro va Navoiyda mini-yuk mashinalarini sotish bo‘yicha dilerlik markazlari ochish, Rossiya ishtirokida texnoparklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonda vagonsozlik klasteri va mis boyitish fabrikasi qurish rejalari haqida ma’lumot berdi.O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov O‘zbekiston uchun Rossiya asosiy savdo hamkorlaridan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya va MDH mamlakatlaridan investitsiyalarni jalb qilish departamenti boshlig‘i Ervin Turgunov hamkorlik hajmi 50 foizga oshganini qayd etdi. Qo‘shma loyihalar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida — to‘qimachilik va qurilishdan tortib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashgacha — amalga oshirilmoqda. Bu esa Rossiya — O‘zbekiston biznes hamkorligining barqaror rivojlanayotganini tasdiqlaydi.Batafsil - Sputnik O‘zbekiston videosida.
https://oz.sputniknews.uz/20251024/russia-uzbekistan-hududlar-kelishuvlar-natijalarning-52935353.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1d/53059959_252:0:1692:1080_1920x0_80_0_0_3b56597cf5076d6eebca9489bfa4ccae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekiston hamkorlik, biznes sheriklik, sanoat kooperatsiyasi, investitsiya loyihalari, moskva toshkent videoko‘prik, rossiya–o‘zbekiston hududiy kengashi, elektron tijorat, transport va logistika, agrosanoat kompleksi, 6 milliard dollar kelishuvlar
rossiya o‘zbekiston hamkorlik, biznes sheriklik, sanoat kooperatsiyasi, investitsiya loyihalari, moskva toshkent videoko‘prik, rossiya–o‘zbekiston hududiy kengashi, elektron tijorat, transport va logistika, agrosanoat kompleksi, 6 milliard dollar kelishuvlar
Rossiya—O‘zbekiston: biznes sheriklikni kengaytirish va rivojlantirish yo‘llari
12:45 29.10.2025 (yangilandi: 12:57 29.10.2025) Eksklyuziv
Qo‘shma loyihalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilmoqda: to‘qimachilik, qurilish, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq va boshqalar.
TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida "Rossiya — O‘zbekiston: biznes sheriklikni kengaytirish va rivojlantirish yo‘llari" mavzusida Moskva — Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
Asosiy mavzular: 21–22 oktabr kunlari Moskva viloyatida o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashi yakunlari va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari — elektron tijorat, sanoat, transport va logistika infratuzilmasi, agrosanoat kompleksini rivojlantirish masalalari.
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Aleksey Mixaylov Toshkent va Jizzax viloyatlarida issiqxona majmualarini qurish, Buxoro va Navoiyda mini-yuk mashinalarini sotish bo‘yicha dilerlik markazlari ochish, Rossiya ishtirokida texnoparklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonda vagonsozlik klasteri va mis boyitish fabrikasi qurish rejalari haqida ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, qo‘shma investitsiya platformasi allaqachon mavjud bo‘lib, yil oxirigacha asosiy loyihalar ro‘yxati va ularni moliyalashtirish hajmlari tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov O‘zbekiston uchun Rossiya asosiy savdo hamkorlaridan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat tadbirkorlarining sanoat kooperatsiyasi va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqishi ortib bormoqda.
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya va MDH mamlakatlaridan investitsiyalarni jalb qilish departamenti boshlig‘i Ervin Turgunov hamkorlik hajmi 50 foizga oshganini qayd etdi.
Uning ta’kidlashicha, o‘tgan yig‘ilishda 4,3 milliard dollarlik kelishuvlar imzolangan bo‘lsa, bu yil 6 milliard dollardan ortiq kelishuvlarga erishildi.
Qo‘shma loyihalar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida — to‘qimachilik va qurilishdan tortib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashgacha — amalga oshirilmoqda. Bu esa Rossiya — O‘zbekiston biznes hamkorligining barqaror rivojlanayotganini tasdiqlaydi.
Batafsil -
Sputnik O‘zbekiston videosida.