Maktabgacha ta’lim mutaxassislari uchun Gersen universiteti bilan hamkorlikda kurs boshlandi

© Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiV ramkax proyekta "Mittivoy" startoval noviy uchebniy kurs
V ramkax proyekta Mittivoy startoval noviy uchebniy kurs - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Gersen universiteti bilan hamkorlikda “Mittivoy” loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim mutaxassislari uchun yangi kurs boshlandi
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Mittivoy” loyihasi doirasida yangi o‘quv kursiga start berildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur kurs “Maktabgacha ta’limning sog‘lom rivojlanish muhitida kognitiv salohiyatni rivojlantirish hamda matematik tushunchalarni shakllantirish usullari va texnologiyalari” mavzusida o‘tkazilmoqda.
Kurs mashg‘ulotlarini A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari olib bormoqda.
Unda respublika bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 100 nafar direktor o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.
Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2025
Nodavlat bog‘chalardagi muhtoj oila farzandlarining to‘lovi qisman qoplab beriladi
Yangiliklar lentasi
0